Mariya antuanetta




Mariya antuanetta (Marie -Antoinette) (1755.2.11, Vena — 1793.16.10, Parij) — Fransiya qirolichasi, fransuz qiroli Lyudovik XVI ning xotini (1770-yildan), Avstriya imperatori Frans I va imperatritsa Mariya Tereziyannng qizi. Buyuk fransuz inqilobi oldidan oʻyinkulgi, maishatga ulkan mablagʻlar sarflayotgan M. A. (shu tufayli unga "kamomad xonim" deb laqab qoʻyishgan) moliya islohoti oʻtkazishga, saroy harajatlarini qisqartirishga uringan ministrlarni (A. Tyurgo, J. Nekker) isteʼfoga chiqishga majbur qilgan. Inqilob boshlanishi bilan aksilinqilobiy fitnalar va chet el intervensiyasi rahnamosi. Monarxiya agʻdarilgach (1792-yil 10 avgust), qamoqqa olinib, sud qaroriga binoan boshi tanasidan judo (gilotina) qilingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz