Marius Lindvik




Marius Lindvik — (1998-yil 27-iyunda tugʻilgan) norvegiyalik changʻidan sakrash yoʻnalishidagi sportchi va Olimpiada oltin medali sovrindori hisoblanadi.

Faoliyati



2016-yilgi qishki oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida u oddiy tepalikda kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2016-yil, 2017-yil va 2018-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza (2018-yil), jamoaviy kumush (2016-yil), aralash jamoa boʻyicha oltin (2018-yil) va yakkalik bahslarda ham oltin medal bilan qatnashgan.

Marius Continental kubik musobaqalaridagi debyutini 2015-yil sentyabr oyida Oslodagi yozda oʻtkazgan, birinchi shohsupasini 2017-yil dekabrida Vankuverda va birinchi gʻalabasini 2018-yil yanvarida Titisee-Neustadtda tarixga muhirlagan. Lindvik changʻidan sakrash boʻyicha 2017—2018-yilgi XCHF Continental Kubik musobaqasining qishki bosqichida gʻolib boʻlgan.

2015-yil dekabr oyida Lisgardsbakkenda changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogi debyutini oʻtkazgan va 32-oʻrinni egallagan, lekin 2018-yil yanvaridan oldin Zakopane shahridagi musobaqalarda bosha urinish amalga oshirmagan, oʻshanda u birinchi Jahon kubogi ochkolarini 8-oʻrin bilan, shuningdek jamoaviy musobaqada uchinchi oʻrin bilan kifoyalangan.

Marius 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida katta tepalik musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Rælingen SK sport klubi vakili hisoblanadi. U Frogner i Sørum shahrida tavallud topgan va ijodini aynan manashu yerdan boshlagan.

Jahon chempionati



Turnir jadvali



Ushbu jadvaldan ham koʻrish mumkin Marus 2019—2022-yil eng yaxshi foʻrmaga ega boʻlgan. Bir yildan soʻng muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng 2021-yil oʻz reytingini saqlab qolishga muyassar boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz