Marita Kramer
Sara Marita Kramer — (2001-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) gollandiyada tugʻilgan lekin avstriya sharafini himoya qilgan changʻida sakrash boʻyicha sportchidir.
Biografiyasi
Kramer Gollandiyada tugʻilgan, ammo ota-onasi krep restoranini boshlaganida, u 6 yoshida Avstriyaning Apeldorndan Mariya Almga koʻchib oʻtgan. Bu Gollandiya televizion dasturi Ik Vertrek (Men ketyapman) uchun hujjatlashtirilgan.
Kramer 2017-yilda XCHF changʻida sakrash boʻyicha Jahon kubogida Avstriya vakili sifatida debyut qilgan. U 2020-yilgi Shimoliy oʻsmirlar changʻi boʻyicha jahon chempionatida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Jahon kubogida sakkizta yakkalik va uchta jamoaviy musobaqada, shuningdek, ikkita yakkalikda uchinchi oʻrinni egallagan.
Kramer 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan va oltin medal favoritlaridan biri hisoblangan, biroq Avstriya terma jamoasi Pekinga joʻnab ketishidan bir kun oldin, yaʼni 30-yanvar kuni COVID-19 uchun ijobiy sinovdan oʻtgan va alomatlari yoʻq boʻlsada Xitoyga uchishiga ruxsat berilmagan. Kramer Olimpiada oldidan 2021—2022-yilgi XCHF changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogi reytingini boshqargan va 11 ta musobaqadan 7 tasida gʻalaba qozongan.
Turnirning asosiy natijalari
Shimoliy changʻi boʻyicha XCHF Jahon chempionati
2021-yil Maritaga omadli kelgan. Sportchi 2021-yilgi qishki musobaqalarda jamoaviy bahslarda peshqadan yakka tartiblik musobaqada esa ikkinchi pogʻonani qoʻlga kiritgan.
Jahon chempionati
Turnir jadvali
Kramer uchun Jahon shohusuppalari ham oʻz oʻrinlari bilan tarixda qolgan. jami 3 karra jahon chempioni va bundan tashqari 1 marotabadan ikkinchi va uchinchi oʻrinlar bilan shohsuppaga koʻtarilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org