Mario Tokić
Mario Tokić (talaffuzi: Matio Tokich)(1975-yil 23-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq futbolchi. Xalqaro maydonda Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Oxirgi marta „Lokomotiva“ klubiga murabbiylik qilgan.
Tokić 2010/11-yilgi mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlanganligini eʼlon qilgan.
Klubdagi faoliyati
Mario Tokić professional futbolchilik faoliyatini 1992-yilda NK Rijeka jamosida boshlagan. Olti yildan soʻng, 1998-yilda u Zagrebning „Dinamo“ kluiga oʻtgan. 2001-yilda u Avstriyaning „Grazer AK“ jamoasi tarkibiga borib qoʻshilgan, Tokić Grazerliklar tarkibida 2005-yilgacha oʻynagan. Grazer AK tarkibida oʻynab yurgan paytlarida chempionlar ligasi saralashida „Liverpool“ ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Oʻyinda Angliya futbol klubi vakilalri 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. Tokić jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan. Keyinchalik Austria Wien klubiga oʻtgan. 2006/07-yilgi mavsum oxirida Tokić yangi mavsumda Austria Wienning ashaddiy raqibi Rapid jamoasiga oʻtishini eʼlon qilgan. 2009-yilning avgustida, Rapid bilan ikki mavsumdan soʻng, klub Tokić bilan shartnoma bekor qilinganini eʼlon qilgan.
Tokić Xorvatiya terma jamoasi tarkibida Yevro-2004 va JCh-2006da ishtirok etgan, biroq har ikkala turnirda ham maydonga tushmagan.
Murabbiylik faoliyati
2016-yilning 6-iyulida Valentin Barishich isteʼfoga chiqarilganidan soʻng Tokić „NK Lokomotiva“ bosh murabbiyi etib tayinlangan.
2016-yil dekabr oyida Tokić „Lokomotiv“ klubi bosh murabbiyligi boʻyicha shartnomasi uzaytirilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi[2][3]
Xalqaro oʻyinlari
Yutuqlari
Dinamo Zagreb
— Prva HNL : 1998—1999, 1999—2000
— Xorvatiya kubogi : 2001-yil
Grazer AK
— Avstriya Bundesligasi : 2003—2004
— ÖFB kubogi : 2002, 2004
— Avstriya Superkubogi : 2002-yil
Avstriya Wien
— Avstriya Bundesligasi : 2005—2006
— ÖFB kubogi : 2006, 2007
Rapid Wien
— Avstriya Bundesligasi : 2007—2008
— Avstriya Superkubogi : 2008-yil
— UEFA Intertoto kubogi : 2007-yil
Manbalar
uz.wikipedia.org