Mario Melxiot
Mario Dino Patrick Melchiot (talaffuzi: Mario Melxiot; 1976-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Ajax
Melchiot oʻz faoliyatini Ajaxning yosh toifadagi jamoasida boshlagan. 1996—1997-yilgi mavsumda debyut qilgan. Chempionlar ligasining yarim finalida Juventusga qarshi oʻyinda (4:1) klubdagi birinchi golini kiritdi. Melchiot klubda uch mavsum oʻtkazdi. 1998-yilda Erediviziya va 1998- va 1999-yillarda KNVB kubogini qoʻlga kiritdi.
Chelsea
1999-yilning yozida Chelsea bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2000-yil 22-aprelda Albert Ferrerning jarohati tufayli Midlsbroga qarshi oʻyinda (1:1) ilk bor tarkibga kiritildi. Bir oy oʻtgach, 2000-yilgi Angliya kubogi finalida Aston Villaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va „Chelsea“ning gʻalabasi muhim rol oʻynadi.
Birmingham City
Melchiot 2004-yil iyul oyida Birmingham City bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Portsmutga qarshi o‘yinda (1:1) debyut qildi. Birmingham 2006-yilning aprel oyida Newcastle United bilan 0:0 hisobidagi durangdan keyin quyi ligaga tushib ketdi. „Birmingham“dgi soʻnggi oʻyinini 2006-yil 7-mayda Bolton Wanderersga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi.
Rennes
2006-yil avgust oyida Melchiot bir yillik shartnoma asosida Fransiyaning Rennes jamoasiga qoʻshildi. Klubdagi birinchi golini Coupe de la Liga 1/8 finalida Liga 2ning Liburn klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. Melchiot „Renn“ bilan 2007-yilning yoziga qadar oʻynagan
Wigan Athletic
Melchiot 2007-yilning 15-iyunida Wigan Athleticga tekinga qo‘shildi. 2007-yil 24-iyulda hamyurti Arjan de Zeeuw ketganidan soʻng, unga sardorlik bogʻichi berildi. UEFA Yero 2008 turnirida Ruminiyaga qarshi Gollandiya terma jamoasi safida maydonga tushdi. Klubdagi uch yillik faoliyati davomida „Wigan“ safida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.
Umm Salal
2010-yil iyun oyida Melchiot Wigan bilan yangi shartnomani rad etdi va amaldagi shartnomasi oy oxirida tugaganidan soʻng Umm-Salal sport klubiga tekinga oʻtishga rozi boʻldi. Al-Arabiga qarshi oʻyinda (2:2) debyut qildi. 2010—2011-yilgi Qatar Stars League mavsumi oxirida Umm-Salalni tark etdi
Xalqaro faoliyati
Melchiot Gollandiya terma jamoasi safida 2000-yil 11-oktyabrda Jahon chempionati saralashida Portugaliyaga qarshi o‘yinda (2:0) debyut qilgan. Milliy terma jamoada 23 ta oʻyinda maydonga tushgan. Xalqaro maydondagi soʻnggi uchrashuvi 2008-yilning 17-iyunida Ruminiyaga qarshi Yevro-2008 guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Yutuqlari
Ajax Chelsea Manbalar
uz.wikipedia.org