Mario Šitum
Mario Šitum (talaffuzi: Mario Shitum)(1992-yil 4-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Italiya Serie Cning „Katanzaro“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Shitumning professional faoliyati 2011-yilda „Dinamo“ akademiyasidan asosiy jamoaga koʻtarilgandan soʻng boshlangan, oʻsha yili Chexiyaning „Sigma Olomouc“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:0) asosiy jamoada debyut qilgan. 2011-yilning 19-fevralida u NK Istra 1961 bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va 75 daqiqa maydonda harakat qilgan, „Dinamo“ Puladagi yangi taʼmirlangan „Aldo Drosina“ stadionida 4:3 hisobida gʻalaba qozongan. Shitum 2011-yilning 26-fevralida „Dinamo“ning „Karlovak“ga qarshi oʻyinida ligadagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan. Shitum uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan, 12-daqiqada gol urgan, bu gol oʻyinda yagona gol boʻlgan. Shitum 2011/12-yilgi mavsumni yuqori notada boshlagan, NK Karlovacga qarshi 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda toʻrtinchi golni urgan va keyin NK Osijekga qarshi 4:0 hisobida yakunlangan oʻyinda ikkita gol urgan. U navbatdagi turda yana gol urgan va NK Lučkoga qarshi oʻyindagi yagona golga maulliflik qilgan.
2014-yilning 17-iyulida Shitum Italiya B Seriyasining „Spezia“ klubiga ijara asosida oʻtgan.
2017-yilning 17-iyunida u Polshaning „Lex Poznan“ jamoasiga ijaraga berilgan.
2022-yil 1-sentabrda Shitum Katanzaro bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro martaba
Xalqaro miqyosda Shitum Xorvatiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi uchun oʻzining birinchi gollarini 2015-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatiga saralash bosqichida Lixtenshteynga qarshi oʻyinda kiritgan. Bu oʻyinda Shitum dubl qayd etgan.
2015-yilning may oyida u Gibraltarga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va Italiyaga qarshi Yevro-2016 saralash oʻyinida ishtirok etish uchun Xorvatiya terma jamoasidan chaqiruv olgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Manbalar
uz.wikipedia.org