Marina Mabrey
Marina Mabrey (talaffuzi: Marina Mabrey; 1996-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — Ayollar Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining (WNBA) Dallas Wings jamoasida oʻynaydigan amerikalik professional basketbolchi. Mabrey 2019-yilgi WNBA draftida Los-Anjeles Sparks jamoasi tomonidan ikkinchi raundda (umumiy 19-oʻrin) tuzilgan jamoa roʻyhatida bor boʻlgan. U avvalroq AQShning 19 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy basketbol jamoasi va Notre-Dame universiteti jamoasida oʻynagan.
U 2020-yilda Dallas Wings jamoasiga transfer qilingan va 2021—2022-yilgi WNBL mavsumida Latviyaning TTT Riga klubi, Isroilning Bnot Hertzeliya va Avstraliyaning Perth Lynx klublarida tajriba orttirgan.
Yoshligi
Mabrey New Jersey shtatining Belmar shahrida Patty va Roy Mabrey oilasida tarbiyalangan. Uning Ryan va Roy ismli ikkita akasi, Michaela va Dara ismli ikkita singlisi bor. Roy va Michaelaning basketbolga boʻlgan muhabbati birinchi marta Marinani oʻyinga jalb qilgan. Uning onasi oʻz hududida basketbol boʻyicha murabbiylik qilgan va Marina, Roy, Michaela onalari bilan maydonga borib, mashgʻulotlarga qoʻshilgan. Shiddatli basketbol musobaqasi Mabrey xonadonidagi oilaviy hayotning bir qismiga aylangan. Marina koʻpincha katta akasi va singlisi bilan mahalliy parkda raqobatlashar edi.
Mabrey New Jersey shtatining Manasquan shahridagi Manasquan oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda Chempionlar shtat turnirida gʻolib chiqqan ikki jamoaning bir qismi boʻlgan. Keyinchalik u 2015-yilda McDonald’s Butun Amerika oʻyinida eng qimmatli oʻyinchi sovrinlarini ham qoʻlga kiritgan.
Singlisi Michaelaning Notre Dame Fighting Irish ayollar basketbol jamoasining bir qismi sifatida muvaffaqiyat qozonganiga qaramay. U 2015-yilda murabbiy Muffet McGraw jamoasiga qoʻshilishni tanlagan.
2019 (Los-Anjeles)
2019-yil u Rookie jamoasida 31 oʻyinda oʻynagan. Har bir oʻyinda 11,5 daqiqada oʻrtacha toʻrt ochko, bitta assist, 1,2 ribaund toʻplagan. 6-iyun kuni Connecticutga qarshi oʻyinda mavsumdagi eng yuqori va faoliyatidagi 14 ballni toʻplagan.
Notre Dame jamoasidagi faoliyat statistikasi
Manba
Professional jamoadagi faoliyati
United States
Mabrey Los-Anjeles Sparks tomonidan oʻtkazilgan 2019-yilgi WNBA draftida 19-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. Yangi bosh murabbiy Derek Fisher qoʻl ostida „Sparks“ 22-12 oddiy mavsum rekordi bilan pley-off yarim finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan.
Professional jamoalardagi faoliyat statistika
WNBA
Muntazam mavsum Mavsumdan keyingi Shaxsiy hayoti
2019-yilda Mabrey sportdagi qiziqishga va 2018-yilgi NCAA ayollar basketbol chempionatidagi gʻalabasiga javoban oʻzining „Bu mening oshxonam“ deb nomlangan koʻylaklarini ishlab chiqargan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org