Marina Brunello
Marina Brunello (1994-yil 16-iyunda tugʻilgan) — italiyalik shaxmatchi. U xalqaro shaxmat ustasi va ayol grossmeyster unvonlariga ega.
Faoliyati
2008-yilda Bratto shahrida Brunello ayollar shaxmati boʻyicha Italiya chempionatida gʻolib chiqdi. 2011-yilda „Reggio Emiliyada Torneo di Kapodanno“ („Yangi yil turniri“) ayollar oʻrtasigi oʻtkazilgan turnirda (Sopiko Guramishvili gʻalaba qozongan) uchinchi oʻrinni egalladi. Brunello 2018-yilda Olga Ziminani magʻlub etib, ikkinchi marta ayollar oʻrtasidagi Italiya chempionligini qoʻlga kiritdi.
Marina Brunello Italiya terma jamoasida ayollar shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan. Jumladan;
U 2018-yilda Batumida bo‘lib o‘tgan ayollar olimpiadasida to‘rtinchi bortda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Brunello Italiya terma jamoasida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida oʻynagan. Jumladan;
2010-yilda u FIDE tomonidan ayol xalqaro usta (WIM) unvoniga sazovor boʻldi va toʻrt yildan soʻng FIDE ustasi (FM) unvoniga ham erishdi bu esa juda qisqa vaqtda yuz bergani uchun koʻpchilikda qiziqish uygʻotdi. 2016-yilda Brunello ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi, uch yildan soʻng esa xalqaro usta (IM) unvoniga sazovor boʻldi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org