Marina Anisina




Marina Vyacheslavovna Anisina (ruscha: Мари́на Вячесла́вовна Ани́сина; 1975-yil 30-avgust, Moskva) — rossiyalik va fransiyalik sportchi, Gwendal Peizerat bilan birgalikda muz ustida raqs boʻyicha 2000-yilda jahon chempioni va 2002-yilda Olimpiya chempioni unvonlarini qoʻlga kiritgan.

Faoliyati



Anisina sportdagi faoliyatini SSSR davridayoq Ilya Averbux bilan juftlikda 1990 va 1992-yillarda figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritib, boshlagan. Keyin Averbux Irina Lobachevani yangi sherik sifatida tanlagan va Anisina Sergey Saxnovskiy bilan juftlikda ishlay boshlagan. Saxnovskiy Isroilga joʻnab ketgach, u yerda Galit Xaitning sherigi boʻldi, Anisina bir muncha vaqt yolgʻiz mashq qilishga majbur boʻlgan, chunki Rossiyada munosib sherik topa olmagan. Shunda murabbiyining maslahati bilan u mamlakat tashqarisidan juft qidira boshlagan. Koʻplab videomateriallarni tomosha qilgandan soʻng, uning tanlovi ikki figurali uchuvchi — kanadalik Victor Kraatz va Fransiyalik Gwendal Peizeratga toʻxtagan. Ularga birgalikda ishlash taklifi bilan xat yozgan. Anisina Gwendal Peizeratning roziligini qabul qilgan va 1993-yilda Fransiyaga yoʻl olgan va u yerda dastlabki olti oy davomida Lionda Gwendal oilasi bilan yashagan. Peizerat Moskvaga koʻchib borishdan va Rossiya vakili sifatida qatnashishdan bosh tortganligi sababli, Anisina Fransiyada qolib, Fransiya fuqaroligini olishga majbur boʻlgan, shundan soʻng juftlik Fransiyani Olimpiya oʻyinlarida himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlgan

Anisina sudyalarga pora berishda va fransuz figurali uchuvchilarning Olimpiadadagi gʻalabasini „tashkil etishda“ ayblangan Toʻxtaxunov bilan tanish ekanligi tufayli sud ishlariga jalb qilingan.

Anisina / Peizerat juftligi 2002-yilgi Olimpiadada gʻalaba qozonganidan soʻng, oʻz faoliyatini yakunlagan va 2002-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmagan. Oʻshandan beri juftlik birgalikda turli shoularda ishtirok etishadi.

Shaxsiy hayoti



Marina Anisina figurali uchuvchi Irina Chernyaeva va xokkeychi Vyacheslav Anisin oilasida tugʻilgan. Uning ukasi Mixail ham xokkeychi. 2007-yilda Anisina „Rossiya-1“ telekanalida efirga uzatiluvchi „Tantsi na ldu. Barxatniy Sezon“ koʻrsatuvida ishtirok etgan.

Davlat mukofotlari




Natijalari



( Gwendal Peizerat bilan)

(Averbux bilan)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz