Marin tauer
Marin tauer (横浜マリンタワー (yaponcha: Yokoxama Marin tava?)) — Yaponiyaning Yokohama shahri Naka tumanidagi 100 metr balandlikda joylashgan, kuzatuv palubasiga ega boʻlgan 106 metrli (348 fut) panjarali mayoq. Mayoq yaqinida „Xikava — maru“ kemalar muzeyi joylashgan. Mayoq har 20 soniyada porlaydi, buning natijasida yorugʻlik rangi qizildan yashilgacha yoki aksincha oʻzgaradi. Dastlab, tunda minora tayanchining oʻzi markirovkasiga muvofiq yashil va qizil ranglarda yoritilgan, keyinchalik 2009-yil may oyida taʼmirlangach oq yorituvchi chiroqlar bilan almashtirildi.
Tarixi
Mayoq 1961-yil qurilgan va eng baland mayoq deya eʼlon qilingan, ammo bu qaysi qurilmani mayoq deya hisoblash mumkinligiga bogʻliq. Ob-havo yaxshi boʻlganda va havo toza boʻlganida tashrif buyuruvchilar Fudzi togʻini 100 metrlik kuzatuv maydonchasidan koʻrishlari mumkin. 2006-yilning 25-dekabrida mayoq vaqtincha yopilgan edi. Keyin Yokohama shahar hukumati mayoqni qayta tiklashni eʼlon qildi. Taʼmirdan soʻng minora 2009-yilning 23-mayida shaharning 150 yilligiga bagʻishlab qaytadan ochildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org