Marin Aničić
Marin Aničić (talaffuzi: Marin Anichich) (1989-yil 17-avgustda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining „Sarayevo“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Aničić professional faoliyatini „Zrinjski Mostar“ jamoasida boshlagan, 2014-yilda „Astana“ klubiga oʻtgan. Besh yil oʻtgach, u Konyaspor jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2022-yilda u Sarayevo jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Bosniya va Gersegovina terma jamoasining sobiq yoshlar terma jamoasida Aničić 2016-yilda oʻzining xalqaro miqyosdagi debyutini oʻtkazgan.
Klubdagi faoliyati
Ilk faoliyat yillari
Aničić oʻzining tugʻilgan shahri „Zrinjski Mostar“ klubining yoshlar akademiyasida ilk futbol bilimlarini olgan. U 2007-yilning 28-noyabrida 18 yoshida „Slaviya“ga qarshi professional debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2008-yil 2-aprelda u Orasje ustidan jamoasi bilan gʻalaba qozonib, oʻyinda oʻzining birinchi professional golini kiritgan.
Astana
2014-yil fevralida Aničić Qozogʻistonning „Astana“ klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga transfer qilingan. 15-mart kuni u jamoadagi rasmiy debyutini „Jetisu“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan, U klub bilan oʻzining birinchi kubogini 9-noyabr kuni qoʻlga kiritpft, oʻshanda ular oʻz tarixida birinchi marta liga chempioni boʻlishgan edi.
Aničić 2015/2016-yilgi mavsumda „Astana“ga UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk tarixiy uchrashuvini oʻtkazishda yordam bergan. 2015-yil 15-sentyabrda u „Benfika“ ga qarshi bahsda debyut qilgan. Ikki oy oʻtgach, u turnirdagi birinchi golini xuddi shu raqib darvozasiga kiritgan va bu uning jamoadagi birinchi goli boʻlgan.
Aničić 2016-yilning 20-martida „Ordabasi“ga qarshi oʻyinda ligadagi ilk golini kiritgan. Avgust oyida u shartnomasini 2019-yil iyunigacha uzaytirgan. 2-oktyabr kuni u jamoa safidagi 100-oʻyinini oʻtkazgan.
U 2019-yilning 14-aprelida klub safidagi 200-uchrashuvida maydonga tushgan.
Konyaspor
Avgust oyida Aničić Turkiyaning „Konyaspor“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 18-avgust kuni Ankaragücüga qarshi oʻtkazgan. 2020-yil 25-iyul kuni u Konyaspor safidagi ilk golini Alanyaspor darvozasiga kiritgan.
2021-yil yanvar oyida u tizzasidan ogʻir jarohat olgan, unga oldingi xoch bogʻlami uzilishi tashxisi qoʻyilgan va kamida olti oyga safdan chiqgan. U 28-noyabr kuni jarohatdan oʻn oy oʻtib maydonga qaytgan.
Faoliyatining keyingi bosqichi
2022-yil iyun oyida Aničić Sarayevo jamosiga koʻchib oʻtgan.
Xalqaro faoliyati
Aničić bir necha yil davomida Bosniya va Gersegovinaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.
2015-yil avgust oyida u Belgiya va Andorraga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash bosqichi uchun terma jamoadan birinchi chaqiruvni olgan. Ammo uLyuksemburg terma jmoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Bu oʻyin 2016-yilning 25-martida oʻtkazilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Zrinjski Mostar Astana Manbalar
uz.wikipedia.org