Maʼrifat Qozijonov




Maʻrifat Afzalovich Qozijonov (1913-yil 20-oktyabr, Buxoro — 1983-yil 5-may, Dushanbe) — tojik olimi, pedagog, pedagogika fanlari doktori (1974). „SSR Maorifi xalq aʼlochisi“ (1975), bir qancha medallar va Tojikiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi mukofotlari bilan taqdirlangan.

Biografiyasi



1929-yilda Stalinobodga kelib, musiqa bilim yurtida oʻqiydi, bir vaqtning oʻzida musiqali drama teatrida (Lohutiy nomidagi teatr) sozanda boʻladi (1929—1932). 1932—1937-yillarda „Kollektiv uchun“, „Oʻqituvchilar gazetasi“ gazetalarida adabiy xodim, Qizlar madaniyat va maorif texnikumida til va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi. 1937—1939-yillarda Toshkentdagi M.Gorkiy nomidagi Davlat pedagogika institutining tojik tili va adabiyoti fakultetida oʻqigan. 1939—1940-yillarda 2-son oʻqituvchilar tayyorlash maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1940—1942-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutining adabiyot fakultetida tahsil olgan. Oʻqishini Buxoroda davom ettirgan Maʼrifat institutni tamomlagach, bir muddat adabiyot kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1943—1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan.

Faoliyati



1945—1950-yillarda Buxoro pedagogika institutida oʻqituvchilik qilgan. 1951—1960-yillarda tojik adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi, 1960–1973-yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti boshlangʻich ta’lim kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan. Dushanbedagi T. G. Shevchenko nomidagi pedagogika institutida ishlagan. 8 ta kitob, 100 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalar va oʻquv dasturlari muallifi. U 19-asrning 2-yarmidan 20-asrning 30-yillarigacha tojik maktablarida 5-7-sinf oʻquvchilarining ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish, savod oʻrgatish va adabiyot oʻqitish va shu kabi mavzularga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Uning rahbarligida olti kishi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U jamoadagi pedagogik bilimlarning faol targʻibotchisi edi. 1970-yillarda Tojikiston televideniyesida „Aziz bolam, uning odob-axloqi undan azizdir“ koʻrsatuvida rahbarlik qildi.

Manbalar




Qoʻshimcha oʻqish uchun




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz