Maʼrifat
Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. Maʼrifat ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. Maʼrifat tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. Maʼrifat maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. Maʼrifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. Maʼrifat — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. Maʼrifatni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi.
Tasavvufda Maʼrifat sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org