Marie-Louise Eta




Marie-Louise Eta (1991-yil 7-iyulda tugʻilgan) — germaniyalik sobiq futbolchi, Bundesliganing „Werder Bremen“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U „Turbine Pots“dam jamoasida ham oʻynagan. U 2017—2018-yilgi mavsum oxirida, 26 yoshida futbol oʻynashni tark etdi.

Xalqaro faoliyati



Germaniya ayollar terma jamoasining 19 yoshgacha boʻlgan xalqaro oʻyinchi sifatida, u 2009-yilgi va 2010-yilgi Yevropa chempionatlarida oʻynagan.

2010-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatidan soʻng, UEFA uni eng yaxshi 10 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritdi.

2010-yil iyun oyida Eta murabbiy Maren Maynert tomonidan „Germaniya U20“ ayollar terma jamoasiga 2010-yilda Germaniyada boʻlib oʻtadigan, 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. Asosan zaxira tarkibida oʻtirgan boʻlsa ham oʻziga yuklatilgan oʻyinlarda faol natija koʻrsatgan. U Germaniya sharafini juda erta 15 yoshgacha ayollar jamoasi tarkibida himoya qilishdan boshlagan. Keyinchalik U16 safida, soʻngra U17, U19, U20 va U23 terma jamoa safida ham yutuqlarga erishdi. Oʻsmirlar oʻyinchisi sifatida Germaniya U17 terma jamoasiga tegishli edi. 2008-yil Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, u 16-noyabr kuni uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Angliya terma jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

2012-yilda u 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoa tarkibida ishtirok etdi.

Shaxsiy hayoti



U 2014-yilda Benjamin Etaga turmushga chiqdi.

Yutuqlari



Germaniya

FFC Turbine Potsdam

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz