Maribor




Maribor — Sloveniyadagi shahar, Drava daryosi sohilida. Aholisi 114,8 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Kime, toʻqimachilik, qogʻoz, koʻn-poyabzal, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Oʻlkashunoslik muzeyi, badiiy galereya bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 16-asr qurilgan qasr, sobor (12— 16-asrlar), ratusha (16-asr) saqlangan. Shahar yaqinida Drava daryosida GES kaskadi qurilgan. Turizm rivojlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz