Mariano Díaz




Mariano Díaz Mejía (1993-yil 1-avgustda tugʻilgan), Mariano nomi bilan tanilgan, professional futbolchi, La Liganing klubi "Real Madrid" safida hujumchi sifatida oʻynaydi.

2011-yili "Badalona"da debyut qilganidan koʻp oʻtmay, Mariano "Real Madrid"ga qoʻshilib, klubning C-jamoasida, keyin esa zaxirada jamoasida oʻynadi, 2015-16 Segunda B divizionida eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Keyin u asosiy jamoa bilan oʻynashni boshladi va 2016-17 yillarda La Liga, UEFA Chempionlar Ligasi va FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibida bor edi. Keyinchalik u Liga 1ning "Olimpique Lyonnais" klubi bilan shartnoma imzoladi, bir yildan soʻng yana Madridga qaytdi.

Mariano Ispaniyada tugʻilgan, otasi ispaniyalik, onasi esa Dominikan Respublikasidan edi. U 2013-yilda Dominikan Respublikasi terma jamoasi safida oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushib, golga mualliflik qilgan. Keyin u Ispaniya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilish umidida Dominikan Respublikasi jamoasidan isteʼfoga chiqdi.

Jamoalardagi faoliyati



Lyon



2017-yil 30-iyun kuni Mariano Olympique Lyon bilan shartnoma imzoladi. Toʻlov 8 million yevro ekani aytilgan va kelajakdagi potentsial transferning 35% foizi foydasini tashkil qilardi. U 5-avgust kuni 2017-18-yilgi Liga 1 mavsumining birinchi turida"Strasburg"ga qarshi oʻyinda debyut qilib, jamoasi oʻz maydonida 4:0 hisobida zafar quchgan bahsda dubl qayd etdi. U liga mavsumida jami 18 ta gol urib, Memfis Depay va Nabil Fekir (19 ta va 18 ta gol) bilan birga samarali hujum triosini tashkil etdi.

Real Madridga qaytish



2018-yilning 29-avgust kuni “Real Madrid” Mariano bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. "Real Madrid" uning transfer huquqining 35 foiziga ega boʻlganligi sababli, toʻlov 23 million yevroga tushirildi. Unga avval Krishtianu Ronaldu kiygan 7-raqamli futbolka taqdim etildi. 19-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan UEFA Chempionlar ligasi 2018-19-yilgi mavsum guruh bosqichining birinchi turi doirasida “Roma”ga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va bahsdagi soʻnggi golni jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan burama zarbasi bilan kiritdi. 2020-yilning 1-martida mavsumdagi birinchi liga oʻyinida “Barselona”ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushganidan atigi bir daqiqa oʻtib, 90-daqiqada “Real Madrid”ning 2:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminlaydigan golga mualliflik qildi. "Real Madrid" gʻolib chiqqan La Liganing 2019-20-yilgi mavsumida Mariano jami beshta oʻyinda maydonga tushdi.

Xalqaro maydonda



Marianoning onasi San-Xuan de la Maguanada tugʻilgani sababli Dominikan Respublikasi terma jamoasi safida oʻynash huquqiga ega. 2013-yilning 24-martida qoʻshni Gaitiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazib, 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsdagi soʻnggi golga mualliflik qildi. Keyinchalik u "Real Madrid"dagi faoliyatiga eʼtibor qaratish va qolaversa, Ispaniya terma jamoasiga chaqirilishi mumkinligi uchun Dominikan terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. 2017-yilning dekabr oyida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Marianoni terma jamoasiga chaqirish masalasini koʻrib chiqayotganini bildirgan edi.

Karyera statistikasi



Klub



2022-yil 15-may holatiga ko'ra[19]

Xalqaro



Ushbu jadvalda gollar va natijalar Dominikan Respublikasi terma jamoasi oʻyinlari bilan bogʻliq.

Sovrinlar



Real Madrid

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz