Mariano Barbacid




Mariano Barbacid Montalban (1949-yil 4-oktyabrda Madridda tugʻilgan) – ispan molekulyar biokimyogari, birinchi onkogenni kashf etgan.

Akademik martaba



Oliy taʼlimni Universidad Complutense de Madridda kimyo fanlari boʻyicha oʻqigan va AQShda stajyor sifatida ish boshlagan. Bir necha yillardan soʻng Milliy saraton instituti direktori etib tayinlangan. Keyin u yangi tashkil etilgan CNIOga rahbarlik qilish maqsadida vatani Ispaniyaga qaytib ketgan. U yana keyinchalik 2011-yilda Infosys Prize uchun hakamlar hay’ati aʼzolaridan biri boʻlgan.

Ilmiy tadqiqot



Uning kashfiyoti 1982-yilda Nature jurnalida „Nuqta mutatsiyasi T24 odamning siydik pufagi-karsinoma onkogeni tomonidan transformatsion xususiyatlarni olish uchun javobgardir“ sarlavhali maqolada chop etilgan. U keyingi oylarni oʻz tadqiqotini kengaytirishga sarfladi va natijada bunday onkogen Ras subfamiliyasining allel mutatsiyasi va faollashtirish mexanizmi ekanligini aniqladi.

2003-yilda u shu paytgacha hujayra boʻlinishida ajralmas deb hisoblangan DNK replikatsiyasi sodir boʻlishi zarur emasligini isbotlagan.

Nashrlar




Mukofotlar



Uning ilmiy faoliyati taniqli yosh olim mukofoti(1983), Qirol Xuan Karlos I ilmiy mukofoti(1984), Rodos memorial mukofoti(1985) va Charlz Rodolf Brupbaxer(2005) kabi mukofotlar bilan taqdirlangan. Uning saʼy-harakatlari, shuningdek 2011-yil 2-mayda „Buyuk xoch“ ordeni bilan taqdirlangan.

Boshqa mukofotlarga quyidagilar kiradi:

Neyronal plastisiya boʻyicha IPSEN mukofoti (Avstriya, 1994-yil)

Charlz Rodolf Brupbacher Saraton mukofoti (Shveytsariya, 2005-yil)

Saraton kasalligi boʻyicha xalqaro tadqiqot agentligi Faxriy medali (Fransiya, 2007-yil)

Manbalar




Andoza:Hokimiyat nazorati

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz