Marianne Bachmeier
Marianne Bachmeier (talaffuzi: Marianna Bachmayer) (1950-yil 3-iyun Sarstedt Germaniya – 1996-yil 17-sentyabr Lübeck Germaniya) – 1981-yilda Lübeck okrug sudida qizi Annani zoʻrlash va oʻldirishda ayblanayotgan Klaus Grabowskini otib oʻldirgan nemis ayoli. Bu voqea ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan va jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgan. Natijada Bachmeier qasddan odam oʻldirish va oʻqotar qurolni noqonuniy saqlashda ayblangan. Marianne Bachmeier olti yilga qamalgan boʻlsada uch yilni oʻtaganidan soʻng garov evaziga ozod qilingan. Bachmeierga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qoʻyilgan. U 46 yoshida vafot etgan va Lübeckdagi Burgtor qabristonida qizi Anna yoniga dafn qilingan.
Yoshligi va oilasi
Marianne Bachmeier 1950-yil 3-iyunda tugʻilgan Gʻarbiy Germaniyada tugʻilgan. U Quyi Saksoniyadagi Sarstedt shahrida oʻsgan.
Mariannening ota onasi dindor konservativ boʻlishgan. Uning otasi, ilgari Waffen-SS aʼzosi boʻlgan.Keyinchalik ichkilikbozlikka berilib ketgan. Ichkilikbozlik Mariannening otasini yanada tajovuzkor qilib qoʻygan. Bu muaommolar tufayli Bachmaeirning ota-onasi ajrashgan. Keyinchalik uning onasi boshqa inson bilan oila qurgan.. Bachmererni oʻgay otasini diktator ota deb taʼriflagan, buning ortidan oʻgay otasi bilan muammolar paydo boʻla boshlagan. Oxir-oqibat onasi Marianneni uydan haydab yuborgan.
1966-yilda 16 yoshida Bachmeier oʻzining birinchi farzandini dunyoga keltirgan, ammo uni goʻdakligidayoq boshqa oilga asrab olishga topshirgan. U 18 yoshida yigitidan yana homilador boʻlgan, ikkinchi farzandi tugʻilishidan sal oldin zoʻrlangan. U ikkinchi farzandini ham goʻdakligidayoq boshqa oilaga asrab olish uchun topshirgan.
Bachmeier 1972-yilda birga ishlaydigan Tipasa pub menejeri bilan uchrasha boshlagan. U 22 yoshida uchinchi marta homilador boʻlgan. 1972-yil 14-noyabrda Bachmeierning uchinchi farzandi Anna tugʻilgan. Qizini Bachmeier yolgʻiz oʻzi tarbiyalagan. Yolgʻiz boʻlganligi tufayli Bachmeier Annani ishxonasiga olib ketgan, ish soati tugaganidan keyin qizi bilan yana uyiga qaytgan.
Qizining oʻlimi
1980-yil 5-mayda, Anna yetti yoshga toʻlganida, onasi bilan janjallashib qolgan va maktabni tashlab ketishga qaror qilgan. Shu kuni uni mushuklarini holidan xabar olish maqsadida uyiga borgan 35 yoshli qassob Klaus Grabowski oʻgʻirlab ketgan. Grabowski Annani uyida bir necha soat ushlab turgan, unga jinsiy tajovuz qilgan va oxir-oqibat Annani boʻgʻib oʻldirgan.. Prokurorning soʻzlariga koʻra, Grabowski murdani bogʻlab uyi yonidan oqib oʻtadigan kanalga oqizib yuborgan. Bunga guvoh boʻlgan Grabowskining kelini politsiyaga xabar bergan.
Grabowski jinsiy zoʻravonlikda va qotillikda ayblangan. Maʼlumotlarga qaraganda Graboeski bundan oldin ham ikki qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilgani uchun sudlangan. 1976-yilda u oʻz ixtiyori bilan kimyoviy kastratsiyaga rozi boʻlgan, ammo keyinchalik gormonal preparatlar yordamida asl xoliga qaytgan.
Sud jarayoni
1981-yil 6-mart kuni, Anna oʻlimi boʻyicha sud jarayonining uchinchi kunida Bachmeier Beretta 70 rusumli qurolini Lübeck tuman sudi 157-xonaga olib kirgan va Grabowskini otib oʻldirgan. Bachmeier Grabowskiga qarata yettita oʻq uzgan. Oltita oʻq Grabowskiga tekkan, u oʻsha zahotiyoq halok boʻldi. Keyin Bachmeier qurolini tushirgan va qarshilik koʻrsatmay taslim boʻlgan.
Jamoatchilik fikri
Bu ish G'arbiy Germaniya tarixidagi eng mashhur adolat qaror topgan voqeaga aylangan. Voqea ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan va mamlakat boʻylab hamda xorijdan televideniye guruhlari ish haqida intervyu olish uchun Lübeckga kelishgan. Bachmeier oʻz hayotiy hikoyasini Stern jurnaliga taxminan 100 000 nemis markasiga sotgan. Toʻlov bilan u oʻzining sud xarajatlarini qoplagan.
Bachmeier hibsda boʻlganida, koʻpchilik uning xatti-harakatlariga xayrixoh ekanliklarini koʻrsatish uchun qoʻllab-quvvatlash xabarlari, sovgʻalar va gullar yuborishgan. Shunga qaramay, konstitutsiyaviy davlat bunday holatga yoʻl qoʻymasligi kerak deb hisoblaydiganlar ham mavjud edi. Bundan tashqari, Stern oʻzining hayotiy hikoyasini eʼlon qilgandan soʻng, uning birinchi ikki farzandi va otasining SS bilan aloqasi haqidagi tafsilotlar maʼlum boʻlgach, jamoatchilik fikri oʻzgarib ketgan, sababi u endi „begunoh ona“ qiyofasiga mos kelmay qolgan. G‘arbiy Germaniya sud tizimi ikki qizga jinsiy zoʻravonlik qilgan erkakka kimyoviy kastratsiyadan oldingi holatini gormonlar orqali tiklashga ruhsat bergani uchun tanqidga uchragan.
Qotillik uchun hukm
1982-yil 2-noyabrda Bachmeierga sud jarayonida qotillik ayblovi qoʻyilgan. Keyinroq prokuratura qotillik ayblovini olib tashlagan. 28 kun davom etgan muzokaralardan soʻng, kengash bir qarorga kelgan. Ish boshlanganidan toʻrt oy oʻtgach, u 1983-yil 2-martda Lübeck tuman sudi tomonidan odam oʻldirish va oʻqotar qurolni noqonuniy saqlashda ayblanga. Advokatning Bachmeier bu ishni qasddan qilinmaganligi haqidagi vajlari sud tomonidan rad etilgan. U olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, ammo uch yilni oʻtaganidan keyin garov evaziga ozod qilingan.
Keyingi hayoti
1994-yilda, otishmadan oʻn uch yil oʻtib, Bachmeier Deutschlandfunk radiostansiyasiga intervyu bergan. Xuddi shu yili uning tarjimai holi nemis nashriyotchisi Schneekluth-Verlag tomonidan chop etilgan. 1995-yil 21-sentyabrda u Fliege on Das Erste televizion tok-shousida ishtirok etgan va u yerda Grabowskiga nisbatan qonunni qoʻllash va Anna haqida yolgʻon tarqatishning oldini olish haqida uzoq oʻylaganidan soʻng uni otib tashlaganini tan olgan.
Oʻlimi
Oʻlimidan oldin Bachmeier Norddeutscher Rundfunk teleradiokompaniyasi muxbiri Lukas Mariya Böhmerdan unga hamroh boʻlishini va hayotining soʻnggi bosqichlarini suratga olishni soʻragan.
1996-yil 17-sentyabrda Bachmeier 46 yoshida Lübeckdagi kasalxonada oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan. Oʻlimidan soʻng u Lübeckdagi Burgtor qabristoniga, qizi Annaning yoniga dafn etilgan.
Ommaviy maʼdaniyatda
Kino
Kitob
Manbalar
Sarlavha matni
uz.wikipedia.org