Mariam Danelia




Mariam Danelia (gruzincha: მარიამ დანელია ; 1997-yil 6-mayda tugʻilgan) — gruziyalik futbolchi, Turkiya ayollar Superligasida “Sivasspor” klubida hujumchi sifatida oʻynaydigan va Gruziya ayollar terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi, Gruziya ayollar terma jamoasi safida bir qancha xaqlaro musobaqalar hamda Yevropa chempionatlarida to'p surgan.

Klubdagi faoliyati



U o'z mamlakatining KSK Lanchkhuti jamoasida o'ynagan va 2020-21 yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Gruziya ayollar terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

2021-yil dekabr oyiga kelib Danelia Turkiyaga ko'chib o'tdi va 2021-22 Turkcell Superligasida o'ynash uchun yangi tashkil etilgan Sivasspor klubi bilan shartnoma imzoladi. Danelia hozirgi vaqtda Turkiya ayollar Superligasida to'p surmoqda.

Xalqaro musobaqalarda



Danelia 2019-yilgi ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida jamoa safida maydonga tushgan Gruziya milliy terma jamoasi uchun maydonga tushdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz