Maria dovuli
Maria dovuli — 5-darajali kuchli atlantik tropik sikloni.
Bu 2017-yilgi Atlantika dovullar mavsumining yettinchi dovuli va ikkinchi 5-darajali dovuldir. "Maria" dovuli 16-sentabr 2017-yili tropik toʻlqinlardan yuzaga kelgan va ikki hafta ichida eng kuchli uchinchi dovul bolgan (Irma dovuli va Jose dovulidan soʻng).
19-sentabr 2017-yili dovul Dominika orollarida katastrafik halokatlarni olib keldi, u episentri boʻlgan edi. 90% ortiq binolar orollarda shikaslangan yoki buzulgan edi. 20-sentabr kuni dovul Puerto-Rikaga yetib borgan va uning havfi 4-darajaga tushgan. Bunga qaramasdan Maria dovuli 1928-yildan beri eng kuchli dovul boʻlgan (1928-yili Okeechobee dovuli boʻlgan). Puerto-Rikoning butun hududida elektr tarmogʻi oʻchgan va aloqa sistemasi shikaslangan. Orollarda dovul oʻtgandan soʻng uning havfi 2 darajaga tushgan, ammo keyinchalik 3-darajaga koʻtarilgan. 24-sentabr kuni dovul ikkinchi daraga tushdi va 6-oktabrda dovul charpalandi.
1-oktabr maʼlumotlariga koʻra 78 kishi halok boʻlgan: 30 kishi Dominikada, 34 kishi Puerto-Rikada, 3 kishi Gaitida, 2 kishi Gvadelupada, 5 kishi Dominika Respublikasida, Amerika Virginiya orollarida 1 kishi va Kontinental shtatlarda 3 kishi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org