Maria Canals-Barrera




Maria Canals-Barrera (qizlik familyasi: Canals ; 1966-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U Disney kanalida efirga uzatilgan Wizards of Waverly Place (2007—2012) serialidagi Theresa Russo,Camp Rock (2008)dagi Connie Torres va Camp Rock 2: The Final Jam (2010) va ABC telekanalida efir yuzini koʻrgan Cristela (2014—2015) serialidagi Daniela rollari bilan tanilgan.

Canals-Barrera, shuningdek „Adolat ligasi“ (2001—2004) teleserialida va Justice League Unlimited (2004—2006) filmlarida Shayera Hol/Hawkgirl obraziga ovoz bergan.The Proud Family (2001—2005) Sunset Boulevardez hamda Danny Phantom (2004—2007)dagi Paulina rollarini bilan tanilgan.

Yoshligi



Canals-Barrera Florida shtatining Mayami shahrida, kelib chiqishi kataloniyalik boʻlgan kubalik fuqarolar oilasida tugʻilib oʻsgan. Canals-Barrera ispan tilida ham gapira oladi hamda oʻrta maktabda ham drama darslarida qatnashgan.

Canals-Barrera Miami universitetiga teatr stipendiyasini qoʻlga kiritishdan oldin Hialeah-Miami Lakes oʻrta maktabini tamomlagan.

Faoliyati




Oʻzining dastlabki yillarida Canals-Barrera Miami va Los Angelesdagi teatrlarida koʻp ishlagan. 1990-yilda u The Glass Menagerie filmida Amanda rolini oʻynaydi. 1992-yilda u Brian Michael RileyningA Cradle of Sparrows filmida rol oʻynagan. Xuddi shu yili u Telemundo telekanida efirga uzatilgan Marielena nomli ispan tilidagi telenovela rol oʻynay boshlaydi.

Keyinchalik, u qisqa muddatli 1993 Fox komedik drama serialida, Key Westda takrorlanuvchi rolni ijro etadi. 1990-yillarda, Canals-Barrera mehmoni, shuningdek, 21 Jump Street, Murder, She Wrote, Almost Perfect va Caroline in the City kabi bir qator teleseriallarda ham suratga tushgan. 

1996-yilda u Hedda Gabler spektaklida bosh qahramon rolini oʻynaydi. Keyingi yili u Gilermo Reyesning Chilean Holiday spektaklida Digna rolini oʻynagan. 2018-yil 27-avgustda TVLine tomonidan maʼlum boʻlishicha, Canals-Barrera Netflixda uzatilgan Fuller House serialida Fernando Ernandes-Gerrero-Fernandes-Gerreroning onasi rolini ijro etgan.

Shaxsiy hayoti



Barrera 1999-yildan beri aktyor David Barrera bilan turmush qurgan hamda uning ikki nafar qiz farzandi bor.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Videooʻyinlarda




Mukofotlar va nominatsiyalari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz