Mari Vartmann
Mari-Doris Vartmann (talaffuzi: Meri-Doris Vatmenn; 1988-yil 25-dekabrda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosi. Sherigi Ruben Blommaert bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Challenger seriyasida ishtirok etib, toʻrtta medalini qoʻlga kiritgan. Sobiq sherigi Aaron Van Cleave bilan birga 2015-yilgi Germaniya milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan, 2011 NRW Trophy musobaqasining chempioni va 2010 Warsaw Cup turniri gʻolibi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
Vartmann 1988-yil 25-dekabrda Gʻarbiy Germaniyaning Neuss shahrida tugʻilgan. U nemis va yapon millatiga mansub.
Faoliyati
Vartmann besh yoshida oʻzi tugʻilgan Neuss shahrida konkida uchishni boshlagan. Toʻrt yildan soʻng Dyusseldorfer klubiga koʻchib oʻtgan.
Van Cleave bilan juftlikda
Vartmann 2010-yilda kanadalik va amerikalik konkida uchuvchi Aaron Van Cleave bilan juftlik hosil qilgan va ular birga Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnasha boshlagan. Bu juftlik oʻzining xalqaro debyutini 2010-yilda Warsaw Cup turnirida oʻtkazgan va u yerda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlikning birinchi yirik xalqaro musobaqasi 2012-yilgi Yevropa chempionati boʻlgan. Vartmann va Van Cleave juftligi chempionatda 5-o‘rinni egallagan. Ularga Berlinda Knut Schubert murabbiylik qilgan.
Vartmann va Van Cleave juftligi qisqa dastur namoyishidan so‘ng 2012 Nebelhorn Trophy musobaqasini tark etgan, chunki Vartmann qisqa dastur ijrosi davomida oʻng oyogʻini jarohatlab olgan edi. Juftlik 2012-yilgi Nice Cup turniri va oʻzlarining birinchi birinchi Gran-pri musobaqasini, 2012-yilgi Rossiya kubogi musobaqasida Vartmanni jagʻ suyagi singanidan soʻng tark etgan. Keyinchalik juftlik oʻzlarining ikkinchi Gran-pri musobaqasining 2012 NHK Trophy bosqichida ishtirok etishdan voz kechgan.
Dasturlari
Van Cleave bilan
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi
Van Cleave bilan juftlik
Manbalar
uz.wikipedia.org