Margot Robbie
Margot Elise Robbie (talaffuzi: Margo Elis Robbi; 1990-yil 2-iyulda tugʻilgan) avstraliyalik aktrisa va prodyuserdir. Blockbusterlarda ijro etgan rollari ortidan shuhrat qozongan. Robbie koʻplab yutuqlarga, jumladan, ikki marotaba Oscar, uch marotaba Oltin globus, besh marotaba BAFTA mukofotlariga sohib boʻlgan. Bundan tashqari, 2017-yilda Time jurnali tuzgan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan.
Robbie Avstraliyaning Kvinslend shtatida tugʻilib oʻsgan. Aktrisa oʻlaroq birinchi marta 2008-yili Neighbours teleserialida suratga tushgan. The Wolf of Wall Street (2013) filmidagi roli ortidan mashhurlikka erishgan. The Legend of Tarzan (2016) filmidagi Jane Porter hamda Suicide Squad (2016), Yirtqich qushlar (2020) va The Suicide Squad (2021) filmlaridagi Harley Quinn rollari esa unga olamshumul shuhrat keltirgan. I, Tonya (2017) filmida Tonya Harding rolini jonlantirishi ortidan „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarga nomzod qilib koʻrsatilgan.
Robbie 2016-yilda ingliz kinoprodyuseri Tom Ackerleyga turmushga chiqqan. Ular LuckyChap nomli prodyuserlik kompaniyasiga asos solishgan.
Hayoti
Margot Elise Robbie 1990-yil 2-iyulida Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi Dalby shahrida dunyoga kelgan. Uning Anya ismli opasi va Cameron ismli ukasi bor.
Filmografiyasi
Filmlar
Televideniye
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org