Margarita Oqilova
Margarita Baxlulovna Oqilova (1919-2015) — sovet raqqosasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970), Butunjahon folklor raqs festivali va Oʻzbekiston Lenin komsomoli mukofoti laureati.
Tarjimai hol
Raqqosa 1919-yilda san’atga oshufta koʻngillar xonadonida dunyoga kelgan, ular muhitida oʻsib-ulgʻaygan. Margaritaning otasi rus tili oʻqituvchisi boʻlib, qoʻshiq aytib, doira chalardi. Opasi raqqosa, akasi teatr aktyori edi. Yosh Margarita 11-12 yoshidan boshlab akasi bilan sahnada raqs tushar edi. San’at arboblari unga “Ushoqqina gul” deb taxallus qoʻyishgandi. U “Pomir”, “Duxtari xushruy”, “Mirzodavlat”, “Turkman goʻzali” raqslarini ijro etgan. Margarita akasining truppasi bilan togʻli qishloq hududlarida xizmat safarlarida boʻlgan.
Loxuti teatri sahnasida namoyish paytida oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi Isohor Oqilov bilan tanishadi. Oʻsha mahalda Isohor teatr rahbariyatining koʻrsatmasi bilan iqtidorli yoshlarni izlab kelgandi. Oradan vaqt oʻtib, 1935-yilda Margarita Isohor bilan oila qurib, taniqli san’atkor sifatida Toshkentga koʻchib kelishdi.
Raqqosa turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda Oʻzbekistonning barcha professional raqs jamoalari, “Bahor” davlat raqs ansambli, “Shodlik” ashula va raqs ansambli, “Goʻzal” ansambli va boshqa bir qancha raqs jamaolarini yaratishda oʻz hissasini qoʻshgan.
Margarita Oqilova ancha yillar mobaynida “Katta Buxoro raqsi” ansamblida asosiy raqqosa sifatida murakkab harakatlarni ijro etgan.
Raqqosa umr yoʻldoshini katta maktabida ta’lim olgach, 1939-yilda “Shodiyona” raqsini sahnalashtiradi va baletmeyster boʻladi.
U farzandlariga kerak boʻlsa oʻta talabchan boʻlgan, qizi Viloyat onasidan “Rum qarsak”, “Quvnoq qiz”, “Buxorocha”, “Shodiyona” raqslarini mahorat bilan oʻrgangan.
2014-yillarda Margarita oʻgʻli Artur bilan Moskvada yashaydi, oʻzining toʻqson besh yillik yubileyini nishonlaydi.
Raqqosa 2015-yil fevral oyida toʻqson besh yoshida vafot etdi.
Oilasi
Margarita Oqilova mashhur Oqilovlar sulolasi - oʻzbek raqqosalarining yorqin vakili.
Sharh, tahlil va tanqidlar
Isohor va Margarita Oqilovlar mehnatlari bilan Toshkent toʻqimachilik kombinati Madaniyat saroyida 1955-yilda (M.Turgʻunboyeva ishtirokida) “Bahor” ansambli raqs ixlosmandlari tomonidan raqs jamoasi tashkil etildi. 1957-yilda Moskvada oʻtkazilgan Xalqaro yoshlar festivali mukofoti va oltin medali, 1960-yilda Oʻzbekiston Davlat xalq raqs ansambli unvoni, 1977-yilda raqs jamoasi tashkil etildi. 1957-yilda Moskvada oʻtkazilgan Xalqaro yoshlar festivali mukofoti va oltin medali, 1960-yilda Oʻzbekiston Davlat xalq raqs ansambli unvoni, 1977-yilda Vengriyadagi “Oltin poyabzal” xoreografik mukofoti bilan taqdirlangan.
Isohor va Margarita Oqilovlar Oʻrta Osiyoda eng mashhur boʻlgan “Bahor” davlat raqs ansambli va “Shodlik” ashula va raqs ansambllarini va uning ijodiy ravnaqiga katta hissa qoʻshishgan.
Margarita Oqilova Oʻzbekiston, Tojikiston va Isroilda iste’dodli raqqosa sifatida tanilgan.
L.Avdeyevaning ta’kidlashicha, Margarita Oqilova Isohor Oqilov tomonidan yaratilgan zamonaviy buxorocha raqs sahna maktabini rivojlantirish sharafiga muyassar boʻlib, ma’no jihatidan u ham ommaviy, ham yakkaxon shaklga ega. .
Mukofotlar, unvonlar, sovrinlar
Bibliografiyasi
Adabiyotlar
Havolar
uz.wikipedia.org