Margaret Hamilton (aktrisa)




Margaret Brainard Hamilton (1902-yil 9-dekabr — 1985-yil 16-may) amerikalik aktrisa edi. U Metro-Goldwyn-Mayerning „The Wizard of Oz“ (Oz sehrgari) (1939) filmidagi yovuz jodugar obrazi bilan mashhur boʻlgan.

Sobiq maktab oʻqituvchisi boʻlgan Margaret yetti yil davomida filmlarda qisqa rollarni ijro etgan. Keyinchalik Hamilton filmlarda, telekoʻrsatuvlar hamda sitkomlarda tez-tez suratga tusha boshlagan. Shuningdek, u bolalar va hayvonlarga foyda keltirish uchun moʻljallangan himoyachi sifatidagi faoliyati uchun eʼtirofga sazovor boʻlgan va xalq taʼlimiga boʻlgan sadoqatini umrbod saqlab qolgan.

Yoshligi



Hamilton „Cleveland Junior League“ trashkiloti aʼzosi ekanligida bolalar teatrida aktrisalik mahoratlarini mashq qilgan. Hamilton oʻzining „professional koʻngilochar“ sifatida debyutini 1929-yil 9-dekabrda „Clevalend Play House“ kompaniyasiga tegishli Charles S. Brooks teatrida „yurakni ezuvchi qoʻshiqlar dasturi“da amalga oshirgan. Hamilton butunlay aktrisalik faoliyati bilan shugʻullanishdan oldin, uning ota-onasi undan Bostondagi Wheelock kollejida oʻqishini talab qilishgan, u kollejda tahsil olib keyinchalik bolalar bogʻchasi tarbiyachisi boʻlgan.

Kino faoliyati



Hamilton zangori ekrandagi debyutini 1933-yilda „Another Language“ („Boshqa til“) romantik dramasida qilgan. U „These Three“ (1936), „Saratoga“, „You Only Live Once“, „Whenʼs Your Birthday?“, „Nothing Sacred“ (hammasi 1937-yil), „The Adventures of Tom Sawyer“ (Tom Sawyerning sarguzashtlari) (1938), „My Little Chickadee“ (W. C. Fields bilan, 1940) va „The Sin of Harold Diddlebock“ (Harold Lloyd bilan, 1947) filmlarida suratga tushgan. U oʻzini va oʻgʻlini boqish uchun imkon qadar koʻproq ishlashga harakat qilgan. Hamilton hech qachon biron bir studiya bilan shartnoma tuzmagan va oʻz xizmatlarini haftasiga 1000$ dollarga (inflyatsiya bilan 18,800$ dollar) baholagan.

Hamilton Buster Keaton va Richard Cromwel bilan 1940-yillarda „The Drunkard“ melodramasining „The Villain Still Pursued Her“ deb nomlangan mahalliy sahna koʻrinishida rol oʻynagan. Oʻn yil oʻtgach, u „Bungalow 13“ (1948) nomli unchalik mashhur boʻlmagan filmda suratga tushgan va filmda u yana Cromwell bilan birga rol ijro etgan. Uning tez, ammo aniq va tiniq ovozli talaffuzli uni yana bir pogoʻna mashhurlikka koʻtargan. Hamilton 1950-yillarning boshlariga qadar va undan keyin filmlarda vaqti-vaqti bilan ikkinchi darajali rollarda paydo boʻlgan. Bud Abbott va Lou Costello bilan birga „Cominʼ Round the Mountain“ filmida suratga tushgan va jodugar rolini ijro etgan. Hamilton Joseph L. Mankiewiczning „People Will Talk“ (1951) filmida Sara Pickett obrazida paydo boʻladi. 1960-yilda prodyuser/rejissyor William Castle Hamiltonni oʻzining „13 Ghosts“ qoʻrqinchli filmida uy bekasi rolini ijro etishga taklif qiladi, filmda 12 yoshli Charles Herbert obrazi uni jodugar deb masxara qiladi, shuningdek, oxirgi sahnada Hamilton qoʻlida supurgi ushlab turgan holda filmni tugatadi.

The Wizard of Oz




1939-yilda Hamilton „The Wizard of Oz“ filmida Judy Garland ijro etgan Dorothy Gale roliga qarshi gʻarbning yovuz jodugari rolini ijro etadi va bu bilan birga u nafaqat oʻzining eng mashhur rolini, balki zangori ekranning eng esda qolarli salbiy qahramonlaridan birini ham yaratadi. Gale Sondergaard dastlab ushbu rol uchun koʻrib chiqilgan, garchi musiqa sahnasi bilan u yanada jozibali jodugar sifatida koʻrigan boʻlsa-da, jodugar xunuk koʻrinishga ega boʻlishi kerak degan qarorga kelingan, shunday qilib Hamilton rol uchun taklif qilingan.

1938-yil 23-dekabrda Hamilton filmni suratga olish jarayonida Munchkinlanddagi olovli sahnada yuzi ikkinchi darajali qoʻli esa uchinchi darajali kuyish oqibatida jarohatlangan, buning sababi samarali kadr suratga olish uchun uni himoya qilish qutisini tushirilishi kechiktirligani boʻlgan. Hamilton film ustidagi ishini yakunlash uchun suratga olish maydonchasiga qaytishdan oldin voqea sodir boʻlganidan keyin olti hafta davomida kasalxonada va uyida davolanishiga toʻgʻri kelgan va filmning qolgan qismiga boshqa yongʻin bilan aloqador sahnalarda ishtirok etmaslik sharti bilan qaytgan. Studiya rahbarlari Hamiltonning qoʻrqinchli sahnalaridan baʼzilarini kesib tashlagan, chunki bu koʻrinishdagi sahnalar bolalarni juda qoʻrqitgan. Keyinchalik u jodugar obrazi haqida hazilomuz tarzda gapirib beradi:

Hamiltondan „The Wizard of Oz“ filmining suratga olish jarayonida boshidan kechirganlari haqida soʻrashganida, filmdagi dahshatli roli bolalarga uning kimligi haqida notoʻgʻri tushuncha berganligi uning eng katta qoʻrquviga aylanganini aytgan. Darhaqiqat, u bolalarga juda koʻp gʻamxoʻrlik qilardi, tez-tez xayriya tashkilotlariga yordam berardi. Hamiltom bolalar uning oldiga kelib, nega bunchalik Dorothyga yomon munosabatda boʻlgani haqida tez-tez savollar berishganini aytib oʻtardi. Hamilton 1975-yilda „Mister Rogers' Neighborhood“ serialida paydo boʻlgan, serialda u bolalarga faqat rol ijro etishini tushuntirib, kostyum kiyish orqali u jodugarga qanday „aylanganini“ koʻrsatgan.

Radio, televideniye va sahna faoliyati




1940 va 1950-yillarda Hamilton „Ethel and Albert“ radioserialida uzoq vaqt davomida rol oʻynagan, serialda u sevimli Eva xola rolini (keyinchalik ism Effie xolaga oʻzgartirilgan) ijro etgan. 1960 va 1970-yillarda Hamilton televizorda muntazam ravishda paydo boʻlgan. U mashhur CBS-TV telekanalida efirga uzatiluvchi „Sunday night“ koʻrsatuvida sirli mehmon boʻlgan. Hamilton „The Addams Family“ (Addamslar oilasi) ning uchta epizodida Morticia Addamsning onasi Hester Frump rolini ijro etgan. (1965-66; Hamiltonga buvisi rolini taklif qilishgan, ammo u rad javobini bergan.) 

1962-yilda Hamilton NBC telekanalida efirga uzatiluvchi „Laramie“ dasturining „Beyond Justice“ epizodida ayollar allaqachon ovoz berish huquqiga ega boʻlgan hududda feministik sabablarni kuchaytirish uchun Laramiega (Vyoming shtati) kelgan suffraget Leora Scofield rolini ijro etgan.

1973-yilda Hamilton „An Evening with the Bourgeoisie“ sahna asarini yaratdi. 1970-yillarning oʻrtalarida uning prodyuseri sifatidagi boshqa sahna asarlari „The Three Sisters and House Party“ edi.

Shaxsiy hayoti



Hamilton 193-yil 13-iyunda Paul Boynton Meservega turmushga chiqdi va keyingi yili New-York sahnasida debyut qildi. Uning aktyorlik faoliyati rivojlanib borar ekan, er-xotin 1938-yilda ajrashishdi. Ularning Hamilton Wadsworth Meserve ismli bitta oʻgʻli bor edi, Hamilton uni yolgʻiz oʻzi tarbiyalagan. Uning Christopher, Scott va Margaret ismli uchta nevarasi bor edi. Hamilton qayta turmush qurmagan.

„The Wizard of Oz“ filmidagi hamkasbi Ray Bolger (qoʻrqoq sheʼr obrazida) Hamiltonning umrboqiy doʻsti boʻlib qoldi. Respublikachi Hamilton, 1952-yilgi prezidentlik saylovlarida Dwight Eisenhower faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan.

Soʻnggi yillari va vafoti



Hamiltonning oʻqituvchi sifatidagi dastlabki tajribalari taʼlim masalalariga umrbod qiziqish uygʻotgan. U 1948-yildan 1951-yilgacha Beverly-Hills taʼlim kengashida xizmat qilgan va 1950-yillarda Sunday school maktabi oʻqituvchisi boʻlgan. 1979-yilda Hamilton Konnektikut universitetida bolalar adabiyoti maʼruzasida mehmon boʻlgan. Keyinchalik u New-Yorkning Millbrook shahriga koʻchib oʻtgan. Hamiltonda Alzheimer kasalligi avj ola boshlagan va 1985-yil 16-mayda Salisbury (Konnetikut) shahrida 82 yoshida yurak xurujidan uyqusida vafot etgan.

Filmografiyasi



Film




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz