Margansovka




Kaliy permanganat (Kalium permanganicum), margansovka, KMnO4 — antiseptik modda. Toʻq binafsha rangli yaltiroq kristall. Suvda yaxshi eriydi. Eritma qizgʻish-binafsha rangli. K.p. toʻqimalarga tushganida oʻzidan kislorod ajratib, burishtiruvchi, qitiqlovchi va kuydiruvchi taʼsir etadi, ayni vaqtda ajralib chiqayotgan kislorod hisobiga mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Organik va anorganik kimyoda oksidlovchi, tibbiyotda suvdagi eritmasi yaralarni yuvish, ogʻiz va tomoqni chayish, ginekologiya hamda urologiya amaliyotida antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.

Fizik xossalari



Koʻrinishi: metall yarqiroqligiga ega boʻlgan toʻq binafsharangli kristallar. Nur sindirish koʻrsatkichi 1.59 ga teng(20











{\displaystyle ^{\circ }}

C haroratda).

Suvda, suyuq ammiakda, atsetonda (2:100 nisbatda), metanolda, piridinda eriydi.

Molyar massasi — 158,034 g/mol

Zichligi — 2,703 g/sm

Termodinamik xossalari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz