Marek Dolezaj
Marek Dolezaj 1998-yil 13-aprelda tug'ilgan) - slovakiyalik professional basketbolchi. U Syracuse Orange uchun kollej basketbolida o'ynagan.
Erta hayot va faoliyati
Dolezaj Bratislavada tug'ilgan, Milosh Dolezaj, bankir va professor Ladislavaning o'g'li bo'lgan. Uning katta opasi juda yaxshi voleybolchi bo'lgan. Dolezaj yoshligida futbolni juda sevib o‘ynab katta bo'lgan, lekin birinchi marta murabbiy tavsiya qilganidan keyin yetti yoshida basketbol o‘ynay boshlagan. Bratislavadagi Hubeneho gimnaziyasida tahsil olgan. Dolezaj birinchi marta 2014-yilda Ekstraliganing MBK Karlovka Bratislava jamoasiga qo'shilgan va juda ajoyib natijalarni qo'lga kiritgan har bir o'yinda o'rtacha 2,1 ochko va 1,1 ribaund to'plagan. U 2015-yil oktabir oyida Ispaniyaning LEB Plata klubi Balonsesto El Olivar kulubi bilan o'zi kutgan shartnomani imzoladi. U o'zining basketbol o'ynayotgan videolarini YouTube'ga joylashtirdi, bu Sirakuza yordamchi murabbiyi Adrian Autrining e'tiborini tortdi. Otri oxir-oqibat Bratislavaga Dolezajni yollash uchun keldi. 2016—2017-yilgi mavsumda u MBK Karlovka Bratislava jamoasida xayronqolarli darajadagi o'ynlarni va har bir o'yinda o'rtacha 11,7 ochko va 4,2 ribaund qayd etgan. 2017-yil may oyida u Sirakuzada kollej basketbolida o'ynashga qaror qildi.
Kollej faoliyati
Dolejaz birinchi kurs talabasi sifatida mavsumning so'nggi 17o'yinida yaxshi va har bir o'yinda o'rtacha 5,8 ochko va 4,8 ribaund to'pladi va bu jamoaga NCAA turnirining "Sweet 16" ga erishishiga yordam berdi. U ikkinchi kurs talabasi sifatida har bir o‘yinda o‘rtacha 4,1 ochko va 3,5 ribaund to‘plagan va oltita o‘yinda shuncha ochko to'pladi. 2020-yil 1-fevralda Dolezaj Dyukga 97:88 hisobida yutqazib, faoliyatidagi eng yuqori 22 ochkoni qo‘lga kiritdi. O'smirlik davrida u har bir o'yinda o'rtacha 10,4 ochko va 6,4 ribaund to'plagan. Dolezaj o'yinda jaroxatlanib barmog'ini sindirib oligani sababli o'yinlari birmuncha sekinlashdi. U 2021-yil 9-yanvarda Jorjtaunga qarshi o‘yinda yana bir jaroxat oladi bu safar uni tishi sinadi. Dolezaj har bir o‘yinda o‘rtacha 9,8 ochko, 5,1 ribaund va 3,3 golli uzatma to‘pladi va bu Orangening NCAA turnirining Sweet 16 turniriga chiqishiga yordam berdi. U 960 ochko va 649 ribaund bilan faoliyatini yakunladi. Dolezaj NCAAning COVID-19 pandemiyasi tufayli berilgan qo'shimcha yilni qabul qilishdan bosh tortdi, buning o'rniga 2021 NBA loyihasiga kirishdi.
Professional faoliyati
2021-yil 17-avgustda Dolezaj Ukraina Basketbol Superligasining BC Ternopil klubi bilan shartnoma imzoladi. U har bir o‘yinda o‘rtacha 9,8 ochko, 3,5 ribaund, 1,9 golli uzatma amalga oshirdi.
2022-yil 13-yanvarda Dolezaj Gretsiya Basket Ligasi vakili Iraklis bilan shartnoma imzoladi. 13-o'yinda u har bir bahsda 23 daqiqada o'rtacha 4 ochko va 3,7 ribaundni tez fursatdaqolga kiritdi.
Terma jamoadagi faoliyati
Dolezaj bir necha xalqaro musobaqalarda Slovakiya sharafini himoya qilgan. U 2015-yilgi FIBA 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining B divizionida ishtirok etdi, ko‘pchilik o‘yinchilardan yoshroq bo‘lishiga qaramay, har bir o‘yinda o‘rtacha 9,1 ochko, 9 ribaund va 4 golli uzatma to‘pladi. Dolezaj Irlandiyaga qarshi o'yinda 11 ochko, 12 ribaund va 10 golli uzatma bilan tripl dubl qayd etdi. 2016-yilgi FIBA U18 Yevropa chempionatining B divizionida u har bir o‘yinda 13,4 ochko, 9,4 ribaund va to‘p kiritish bo‘yicha jamoani yetakchisi hisoblanardi. Dolezaj 2018-yilgi FIBA U20 Yevropa chempionatining B divizioni saralash bosqichida o‘rtacha 11 ochko, 6,4 ribaund qayd etib jamoaga katta ahamiyatdagi ochkolarni to'plagan edi.
Manbalar
uz.wikipedia.org