Mardtepa




Mardtepa — Gʻuzordan 3–4 km jan.da, Gʻuzordaryoning chap qirgʻogʻida joylashgan qad. qalʼa (25x30 m). Rivo-yatlarga koʻra, islomgacha boʻlgan davrda bu yer mahalliy hokimlar — "mardlar"ning qarorgohi boʻlgan; ular juda jasur, qoʻrqmas va oʻz fuqarolariga nisbatan adolatli boʻlganlar. Arablar fathidan soʻng "mardlar" hokimiyati tugatilgan va shahar aholisi bu yerni tark etgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu shahar harobasida hayot miloddan avvalgi 2— 1-asrdan — milodiy 7-asrgacha davom etgan. Ushbu qalʼa dastlab Baqtriya — Tohariston tomonidan boʻladigan xavf-xatarga qarshi himoyalanish uchun qurilgan. Ayni mana shu qalʼada 8-asr boshida Huzor viloyatining turklaridan boʻlgan hokimi — Sobuqro yashagan. Arablargacha bu qalʼa Huzor viloyatining markazi boʻlgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz