Mardlik ordeni




"Mardlik" ordeni  — Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallaridan biri. 2012-yil 11-sentyabrda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan taʼsis etilgan.

Tarixi



Oʻzini Vatanni himoya qilishga va Ona yurt xizmatiga bagʻishlagan, bunda mardlik hamda jasorat koʻrsatgan Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari va boshqa fuqarolari mukofotlanadi. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti oladilar va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. Orden koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. Orden bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Tavsifi




Taqdirlanganlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz