Mar-del-plata




Mar-del-plata — Argentinaning sharqiy qismidagi shahar. Buenos-Ayres provinsiyasida. Aholisi 541,8 ming kishidan ziyod (2001). Transport yoʻli va shosse yoʻl orqali Buenos-Ayres shahri bilan bogʻlangan. Atlantika okeani sohilidagi port, mamlakatning harbiy dengiz floti bazasi. Oziq-ovqat (jumladan, baliq konservalash), poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Janubiy Amerikaning eng yirik dengiz boʻyi kurortlaridan biri. Shaharga 1874-yilda asos solingan. Muzey, universitet bor. Turizm rivojlangan. Xalqaro shaxmat turnirlari oʻtkaziladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz