Marcus Thuram




Marcus Lilian Thuram-Ulien (1997-yil 6-avgustda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Bundesliganing Borussiya Myunxengladbax klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi. Marcus Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lilian Thuramning oʻgʻli hisoblanadi.

U oʻzining professional faoliyatini Sochaux klubi safida boshlagan. Liga 2ning uchta mavsumida maydonda harakat qilgan, ikki yilni Liga 1 jamoasi Guingamp safida oʻtkazgan. 2019-yilda Myunxengladbaxning „Borussiya“ klubiga 12 million yevro evaziga transfer qilingan.

Thuram 2020-yilda Fransiya terma jamoasi safida oʻz debyutini o‘tkazdi. Terma jamoasi safida UEFA Euro 2020 va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida harakat qilgan va ikkala musobaqada ham uning jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan.

Klublardagi faoliyati



Thuram oʻzining professional faoliyatini „Sochaux“ klubida boshlagan. U yerda „Youth Academy“ klubida oʻynagan. Liga 2dagi debyutini 2015-yil 20-mart kuni Chateauroux jamoasiga qarshi oʻyinda 83-daqiqada Edouard Butin o‘rniga maydonga tushib oʻtkazdi. „Sochaux“ tarkibida jami 43 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urishga muvaffaq boʻlgan (2017-yil 14-aprelda „Tours“ klubiga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan).

Guingamp



2017-yilning 5-iyul kuni Thuram nomaʼlum to‘lov evaziga Liga 1ning Guingamp klubi safiga o‘tdi. 2018-yil avgust oyida otasining futbolchilik faoliyatidagi jamoadoshi, Parma, Yuventus va PSJ darvozaboni Gianluigi Buffonga qarshi oʻynaganligi uchun koʻplab muxlislar eʼtiborini tortdi.

Thuram 2019-yilning 9-yanvar kuni Parc des Princes oʻyingohida PSJ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) penalti ishlashga erishdi va buning natijasida uning jamoasi keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Yigirma kundan so‘ng yarim final bosqichida „Monaco“ jamoasiga qarshi o‘yinda (2:2) hisobni tenglashtiruvchi golni kiritdi. Penaltilar seriyasida uning tepgan toʻpini Danijel Subasic bartaraf etdi, lekin shunga qaramay, Guingamp kelasi bosqichga yoʻl oldi.

Borussiya Myunxengladbax



2019-2020-yilgi mavsum
2019-yil 22-iyul kuni Myunxengladbaxning Borussiya klubi Thuram bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Bu transfer uchun klub Guingampga 12 million yevro miqdorda pul toʻladi. Unga Dortmundning „Borussiya“ klubiga oʻtgan Thorgan Hazardning 10-raqami berildi.

Thuram Gladbach safidagi debyutini 9-avgust kuni DFB-Pokal jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Bundesligadagi ilk golini 22-sentabr kuni oʻzining beshinchi o‘yinida „Fortuna Dusseldorf“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi.

2020-yil 31-may kuni Thuram Union Berlin klubi darvozasiga ikkita gol kiritishga erishdi. U oʻyindagi birinchi golini George Floydning oʻldirilishi ortidan AQSHda davom etayotgan norozilik namoyishlariga bagʻishladi.

2021-
2020-yil 27-oktabr kuni Thuram UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Real Madrid" jamoasi bilan kechgan oʻyinda (2:2) ikkita gol urdi. 19-dekabr kuni Thuram „Hoffenheim“ klubiga qarshi oʻyinda raqibi Stefan Poschning yuziga tupurgani uchun maydondan chetlatildi, natijada olti oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi va 40 000 evro jarimaga tortildi.

Marcus Bundesliganing 2021-2022-yilgi mavsumidagi dastlabki 15 ta oʻyinida gol ura olmadi. Faqatgina „Wolfsburg“, „Stuttgart“ va „Greuther Furth“ klublari darvozasiga bittadan gol ura oldi.

2022-yil noyabr holatiga koʻra, Thuram Bundesliganing 15 oʻyinida 10 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va bu uning debyut mavsumidan buyon eng yaxshi koʻrsatkichlaridan biri edi.

Terma jamoa safidagi faoliyati



Thuram 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida Fransiya U19 terma jamoasi bilan gʻolib boʻldi. 2020-yilning noyabr oyida Finlandiya, Portugaliya va Shvetsiyaga qarshi oʻyinlar oldidan birinchi marotaba milliy terma jamoa safiga chaqirildi. 11-noyabr kuni finlarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida „Stade de France“ stadionida uning jamoasi 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 2021-yilning may oyida UEFA Euro 2020 musobaqasi uchun ham chaqiruv oldi.

2022-yilning 14-noyabrida Thuram 2022-yilgi Jahon chempionatiga ham chaqiruv oldi. Argentinaga qarshi final oʻyinida u va Randal Kolo Muani Ousmane Dembele va Olivier Giroud o‘rniga maydonga tushdi. Asosiy vaqt oxirida Kylian Mbappening hisobni tenglashtirgan goliga oʻz hissasini qoʻshdi. Oʻyin davomida jarima maydonchasi ichida qoʻpollik ishlatganligi uchun sariq kartochka oldi. Yakunda Fransiya 3:3 hisobida durang oʻynab penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

Shaxsiy hayoti



Thuram sobiq fransuz terma jamoasi futbolchisi Lilian Thuramning oʻgʻli va professional futbolchi Khéphren Thuramning akasi hisoblanadi. Italiyaning Parma shahrida tugʻilgan va uning ismi yamaykalik Marcus Garvey sharafiga qoʻyilgan. Otasi "Juventus" va "Barselona" safida harakat qilganiga qaramay, u bolaligidan "Milan „ va “Real Madrid" klubi muxlisi boʻlgan.

Faoliyatidagi statistikasi



Klub



2023-yil 2-aprelgacha bo'lgan o'yinlar[28][29]

Terma jamoa safida



2023-yil 27-martgacha bo'lgan o'yinlar[30]

Yutuqlari



Fransiya U19

Fransiya

Shaxsiy

== Izohlar ==

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz