Marcus Rohdén




Marcus Christer Rohdén (1991-yil 11-mayda tugʻilgan) — Shved professional futbolchisi, yarim himoyachi, asosan markazda oʻynaydi, ammo murabbiylar qanot himoyachisi sifatida foydalanib turishadi. U Italiyada " Frozinone "da oʻynaydi. 2015-yildan beri shvetsiya terma jamoasida maydonga tushadi, 2018-yilgi Jahon chempionatida Shvetsiya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.

Faoliyati



Rohden oʻz faoliyatini Hössna IFda boshlagan va IF Elfsborgga 16 yoshida yoshlar bilan shartnoma imzolagan holda oʻtgan. 2011-yil dekabr oyida Markus Skövde AIKda ijaradan qaytganidan soʻng IF Elfsborg bilan besh yillik shartnoma imzolagan. U Allsvenskandagi birinchi golini 2012-yil 26-avgustda BK Hackenga qarshi oʻyinda, Elfsborg va Allsvenskandagi debyut oʻyinida kiritgan.

2016-yil 3-avgustda Rohden A Seriyaning yangi klubi Crotone bilan shartnoma imzolaganh.

2019-yil 13-avgustda Rohden Frozinone futbolchisi sifatida eʼlon qilingan.

Xalqaro faoliyati



Rohden turli milliy divizionlarda oʻynagan. Uning terma jamoadagi debyuti Shvetsiya U21 bilan 2012-yilning 10-sentyabrida Kalmarda Ukraina U21 termasiga qarshi oʻtkazilgan soʻnggi muhim oʻyinda boʻlgan. U IF Elfsborgdagi jamoadoshi Niklas Xult bilan almashtirilgan. Shvetsiya 2:1 hisobida gʻalaba qozongan va pley-offga yoʻllanma olgan. 2015-yilning 15-yanvarida Rohden oʻzining ilk golini Kot-d’Ivuarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) kiritgan.

2018-yilning may oyida u Shvetsiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollar

Yutuqlar



Elfsborg

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz