Marcus Ellis
Marcus Ellis (1989-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — britaniyalik badmintonchi. U 2016-yilgi badminton boʻyicha Angliya milliy chempionatida erkaklar oʻrtasidagi juftlik toifasi chempioni boʻlgan. Ellis va Chris Langridge 2016-yilda Rio de Janeyroda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida bronza, 2018-yilda Avstraliyaning Gold Coastida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2019-yilgi Minsk Yevropa oʻyinlarida Ellis erkaklar juftlik bahslarida Langridge va aralash juftlik bahslarida Lauren Smith bilan ikkita oltin medalga sazovor boʻldi.
Shaxsiy hayoti
Sheila va John Ellisning kenja oʻgʻli Marcus Ellis 1989-yil 14-sentyabrda West Yorkshirening Huddersfield shahrida tugʻilgan. Uning James ismli katta akasi bor. Ellis yetti yoshida otasi uni Slaithwaite shahridagi Colne Valley dam olish markaziga olib borganida badminton oʻynashni boshlagan.
Ellis dastlabki taʼlimini Huddersfielddagi Clough Head Junior maktabida olgan, keyinroq Linthwaite qishlogʻidagi Colne Valley High School davlat umumtaʼlim maktabida oʻqishini davom ettirgan. U oʻrta maktabda hozirda Huddersfield Town futbol klubi darvozaboni Alex Smithis bilan birga oʻqigan. Keyin Ellis Huddersfield New kollejida 6 oy davomida taʼlim olgan va Milton Keynesdagi milliy badminton markazida mashq qilish uchun 17 yoshida Huddersfielddan uzoqlashishga qaror qildi.
Ellis Sent-Albanda yashagan.
Faoliyati
Professional faoliyatining dastlabki yillarida Ellis juftlik bahslarida Tom Wolfenden va Peter Mills, aralash juftlikda esa Gabby Adcock va Mariana Agathangelou kabi bir qancha badmintonchilar bilan hamkorlik qildi. U 2013-yilda Paul van Rietvelde bilan Daniya xalqaro turnirida erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida gʻolib chiqqan.
2014-yil sentyabrida Ellis Chris Langridge bilan birgalikda oʻynay boshladi. Ular 2014-yil dekabr oyida Italiya ochiq chempionati erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida, 2015-yil fevralida esa Angliya milliy badminton chempionatida gʻalaba qozongan va 2016-yilda yana bir marotaba shu musobaqada oltin medalga sazovor boʻlgan. Ellis va Chris, shuningdek, 2015-yilda Uels xalqaro musobaqasida gʻolib chiqdi. Juftlik 2016-yilda La Roche-sur-Yonda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida yarim finalda magʻlub boʻlib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ellis, shuningdek, Yevropa jamoaviy chempionatlari: 2015-yilda aralash jamoada kumush va 2016-yilda erkaklar jamoasida bronza medaliga sazovor boʻlgan.
2016-yilda Rioda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlari davomida Ellis va Langridge dunyo reytingida 22-oʻrinni egalladi, ular bronza medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, bu esa badminton boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida Britaniya jamoasi tomonidan Olimpiada oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan birinchi medaldir.
2017-yilda Ellis Lauren Smith bilan aralash juftlik toifasida Gollandiya ochiq chempionatiga qatnashib birinchi Grand Pri turniri gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Avstraliyaning Gold Coastida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Ellis uchta medalga sazovor boʻldi: Chris Langridge bilan erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi, bu Angliyaning 40 yil ichidagi oʻyinlarda erishgan birinchi erkaklar badminton juftlik gʻalabasi edi; Lauren Smith bilan aralash juftlik bahslarida kumush va shuningdek, aralash jamoaviy musobaqada bronza medali bilan taqdirlandi. Ispaniyaning Huelva shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Yevropa chempionatida u yarim finalni yakunlandi va oʻyinlarda Daniya juftligi Mathias Christiansen hamda Christinna Pedersenga yutqazib, Smith bilan aralash juftlik musobaqasida bronza medali bilan kifoyalandi.
Ellis 2019-yilgi Yevropa oʻyinlarida Buyuk Britaniya vakili boʻlish huquqini qoʻlga kiritdi, erkaklar juftlik bahslarida Chris Langridge va aralash juftlikda Lauren Smith bilan oʻynadi. Erkaklar va aralash juftlik bahslarida ikkinchi raqam ostida harakat qilgan Ellis ikkala musobaqada ham finalga chiqdi. Erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida u va Langridge daniyalik Kim Astrup va Anders Skaarup Rasmussenni ketma-ket 21–17, 21–10 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Ellis oʻzining ikkinchi oltin medalini Smith bilan aralash juftlikda ularning jamoadoshlari Chris Adcock va Gabby Adcockni 21–14, 21–9 hisobida magʻlub etganidan keyin qoʻlga kiritdi.
Ellis 2020-yilgi mavsumni oʻzining eng katta gʻalabasi bilan ochdi, chunki mavsumdagi ikkinchi turnirida u Lauren Smith bilan hamkorlikda Thailand Masters musobaqasida oʻzining birinchi Super 300 darajasidagi gʻalabasiga erishdi. Keyin u va Smith Spain Masters musobaqasining chorak finaliga va Butun Angliya ochiq yarim finaliga chiqdi. Oktabr oyida Ellis va Chris Langridge 2020-yilgi Daniya ochiq chempionatida erkaklar oʻrtasidagi juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi va 45 yil ichida Daniya ochiq chempionatida gʻolib chiqqan birinchi ingliz erkaklar juftligi boʻldi.
Ellis 2021-yilda Ukrainaning Kiyev shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi va Smith bilan aralash juftlik bahslarida kumush, erkaklar oʻrtasidagi juftlikda Langrid bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Iyul oyida u va Smith 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻynagan, ammo chorak finalda magʻlubiyatga uchragan.
Yutuqlari
Olimpiada oʻyinlari
Erkaklar juftliklari
Hamdoʻstlik oʻyinlari
Erkaklar juftliklari
Aralash juftliklar
Yevropa oʻyinlari
Erkaklar juftliklari
Aralash juftliklar
Yevropa chempionati
Erkaklar juftliklari
Aralash juftliklar
BWF World Tour (9 ta gʻalaba, 3 ta ikkinchi oʻrin)
2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasidir. BWF World Tour World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tourning bir qismi) va BWF Tour Super 100 darajalariga boʻlingan.
Erkaklar juftliklari
Aralash juftliklar
BWF Grand Prisi (1 ta gʻalaba, 1 ta ikkinchi oʻrin)
BWF Grand Prisi ikki darajaga ega edi: Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan va 2007 hamda 2017-yillar oraligʻida oʻtkazilgan badminton turnirlari seriyasi hisoblanadi.
BWF Grand Pri Oltin turnirlari
BWF Grand Pri turnirlari
BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari (16 ta gʻalaba, 14 ta ikkinchi oʻrin)
Erkaklar juftliklari
Aralash juftliklar
BWF xalqaro musobaqasi turnirlari
BWF xalqaro seriyasi turnirlari
BWF kelajak seriyasi turnirlari
Manbalar
uz.wikipedia.org