Marcos Ureña




Markos Danilo Ureña Porras (talaffuzi: Markos Danilo Urena Poras; 1990-yil 5-martda Kosta-Rikaning San-Xose shahrida tugʻilgan) — Kosta-Rikalik futbolchi, „Central Coast Mariners“ futbol klubi va Kosta-Rika terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati



Marcos Ureña professional faoliyatini 2007-yilda „Alajuelense“ futbol klubida boshlagan. 2007—2008-yilgi birinchi professional mavsumida u 9 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan va jamoa bilan birgalikda Kosta-Rika vitse-chempioniga aylangan va shu tariqa kumush medali bilan taqdirlanishgan.

2008—2009-yilgi mavsumda u 12 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan va yana vitse-chempionga aylangan. Keyingi mavsumda Marcos Ureña toʻliq tayanch oʻyinchisiga aylangan, 23 ta uchrashuvda 4 ta gol urgan.

2010—2011-yilgi mavsumda Marcos Ureña 21 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan va faoliyatida birinchi marta Kosta-Rika chempioniga aylangan.

2014-yilning avgust oyida Marcos Ureña Daniya chempionatining „Midtjylland“ futbol klubiga toʻrt oylik ijaraga oʻtgan. 2014-yilning 10-dekabrida u klub bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

2016-yil 21-iyulda „Midtjylland“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati



2007-yilda Marcos Ureña Kosta-Rikaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionati final turniri doirasida 4 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2009- yilda u Kosta-Rikaning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi uchun Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati final turnirida 7 ta uchrashuv oʻtkazgan va 3 ta gol urgan.

2009-yildan buyon Kosta-Rikaning asosiy terma jamoasi azosi. 2011-yilda u milliy terma jamoa tarkibida Markaziy Amerika kubogi finalchisi boʻlgan va u yerda 73-daqiqada jamoasining yagona golini kiritgan.

2011-yil iyun oyida u jamoa bilan CONCACAF oltin kubogiga yoʻl olgan, u yerda birinchi oʻyinda Kuba terma jamoasiga 2 ta gol urgan. Oʻsha uchrashuv natijalariga koʻra, Marcos Ureña uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Keyin esa Meksikaga qarshi uchrashuv finalida gol urgan. Natijada oʻsha turnirda u jamoaning barcha 4 ta oʻyinida maydonga tushgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz