Marcos López
Marcos Johan López Lanfranco (talaffuzi: Markos Joan Lopes Lanfranko) — 1999-yil 20-noyabrda Peruning Kallao shahrida tugʻilgan. „Feyenoord“ klubi va Peru terma jamoasi himoyachisi.
Klublardagi keryerasi
Marcos López „Universidad San Martín“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yilning 14-avgust kuni „Sport Huancayo“ qarshi oʻyinda u Peru Primerasida debyut qildi. 2017-yilning yozida Marcos López „Sporting Cristal“ga oʻtdi. 2018-yilning 25-fevralida „Comerciantes Unidos“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. „Deportivo Municipal“ga qarshi bahsda Marcos López „Sporting Cristal“ safidagi ilk golini urdi.
2019-yilning 6-yanvarida Marcos López MLS klubiga oʻtdi va koʻp yillik shartnoma imzoladi. 2-mart kuni Montreal Impact qarshi 2019-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida u Shimoliy Amerika ligasida debyut qildi. Lopes 2020-yil mart oyida USL Championship filiali „Reno 1868“ga ijaraga berildi va u yerda „Tacoma Defiance“ga qarshi 2020-yilgi mavsumda oʻynadi.
Xalqaro karyerasi
Peru yoshlar terma jamoasi tarkibida Marcos López 2017-yilda Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Argentina, Boliviya, Venesuela va Urugvay terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
Peruning asosiy jamoasi uchun Marcos López 2018-yil 9-sentabr kuni Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.
Marcos López 2021-yilgi Amerika kubogi tarkibiga kiritildi.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org