Marcos Caicedo




Marcos Jackson Caicedo (talaffuzi: Markos Jekson Kaysedo; 1991-yil 20-noyabrda Argentinaning Guayaquil shahrida tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi, „Guayaquil City“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Hamda, u Ekvador terma jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati



Marcos Caicedo „Emelec“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yil 22-iyunda „Deportivo Azogues“ jamoasiga qarshi oʻyinda u asosiy jamoada debyut qilgan. 2008-yilning 22-iyunida „Universidad Catolica“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Marcos Caicedo „Emelec“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.

2014-yilning yozida Marcos Caicedo meksikaning „Leon“ futbol klubiga oʻtdi. 20-iyul kuni poytaxtning „America“ klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qildi. Shuningdek, 21-sentyabr kuni „Veracruz“ futbol klubiga qarshi bahsda Marcos Caicedo „Leon“ tarkibidagi birinchi golini urdi.

Xalqaro faoliyati



2011-yilda Marcos Caicedo Peruda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Urugvay, Paragvay, Boliviya, Argentina, Chili va ikki marta Kolumbiya va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Shu bilan bir qatorda, boliviyaliklarga qarshi kechgan bahsda Marcos Caicedo gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Oʻsha yili Marcos Caicedo Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Avstraliya, Ispaniya, Kosta-Rika va Fransiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yilning 11-noyabr kuni Urugvayga qarshi JCh-2018 saralash bahsida Marcos Caicedo Ekvador terma jamoasi safida debyut qildi. Shu bilan bir qatorda, 2017-yil 23-fevral kuni Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Marcos Caicedo milliy terma jamoadagi birinchi golini urishga muvaffaq boʻlgan.

Jamoalari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz