Marco Friedl




Marco Friedl (talaffuzi: Marko Fridl; 1998-yil 16-martda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Bundesliganing Werder Bremen klubi va Avstriya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Friedl ilk faoliyatini 2002-yilda oʻz shahrining „SV Kirchbichl“ klubida boshlagan, 2007-yilda Avstriyaning FC Kufstein klubiga oʻtgan. 2008-yilda Germaniyaning Bayern klubi yoshlar akademiyasiga oʻtdi.

2017-yilda Friedl 2016—2017-yilgi A-Junioren Bundesliga Süd/Südwestda „Bayern“ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi bilan mavsum davomida beshta gol urdi.

Bayern Munich



Friedl professional faoliyatini 2015—2016-yilgi mavsumda Bayernda boshlagan. 2015-yilning 22-noyabrida Regionalliga Bayern ligasida TSV 1860 Munich II ga qarshi derbida (2:0) maydonga tushgan.

Werder Bremen (ijara)



2018-yilning 25-yanvarida Friedl Werder bilan 2019-yilning 30-iyuniga qadar 18 oylik ijara shartnomasini imzoladi.

Werder Bremen



2019-yilning may oyida Bremenning „Werder“ klubi 2019—2020-yilgi mavsum uchun Friedl bilan doimiy shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Friedl klub bilan „uzoq muddatli“ shartnomaga kelishib oldi. Transfer narxi 3 million yevro yoki ehtimoliy bonuslarni hisobga olgan holda 3,5 million yevrogacha etib belgilangan.

Friedl Bundesligadagi ilk golini mavsumning oltinchi oʻyinida Dortmundning „Borussia“siga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi.

2022-yil iyul oyida, 2021—2022-yilgi mavsumda „Werder“ Bundesligaga qaytganidan so‘ng, Friedl klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi.

Xalqaro faoliyati



Yosh



Friedl 2017-yil 8 iyun kuni 21 yoshgacha boʻlgan Avstriya terma jamoasida Gibraltarga qarshi 2019-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bahsida debyut qildi. 6-daqiqada hisobni (3:0) ochdi.

Milliy terma jamo



Friedl 2020-yilning 7-oktyabrida Gretsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



28-oktyabr, 2022-yil

Yutuqlari



Bayern

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz