Marco Delle Monache




Marko Delle Monache (2005-yil 3-fevralda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi, „Peskara“ jamoasida oʻynaydi.

Yoshligi



Peskara provinsiyasidagi Cappelle sul Tavo shahrida oʻsgan Marko Delle Monache 2013-yilda Delfino Peskara akademiyasiga xuddi shu shahardagi havaskorlar klubi Kaldora klubidan qoʻshilgan.

Jamoalardagi faoliyati



Delle Monache 2021—2022-yillarda Primavera jamoasida oʻynay boshladi, 2021-yil 15-sentabrda oʻz klubida professional debyut qilishdan oldin, Eugenio D’Ursining oʻrniga C Coppa Seria turnirida oʻz uyida Grossetoga klubiga qarshi oʻyinda 2-0 hisobida oʻz klubi bilan gʻalaba qozondi.

U 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar bilan muntazam boshlangʻich tarkibda maydonga tushgan, chunki u hujumlarda juda katta hissa qoʻshib kelgan xususan, „Napoli“ga qarshi oʻyinda 3-1 hisobi bilan gʻalaba qozonilgan oʻyin paytida bir nechta golli uzatmalarni amalga oshirganligi sababli, u Seriya C turnirida birinchi oʻyinini 22-yanvar, 2022-yilda Montevarchi klubiga qarshi oʻz uyida 4-2 hisobi bilan gʻalaba qozanilagan oʻyining soʻnggi daqiqasida maydonga tushgan.

Yosh futbolchi Abruzzoning eng yirik klubi bilan ilk professional shartnomasini 2022-yilning fevralida imzoladi va u 2024-yilning iyunigacha Delfino futbolchisiga aylandi.

Xalqaro martaba



Delle Monache 2021-yil oktabr oyida Bernardo Korradi tomonidan 17-yoshgacha futbolchilar bilan 2022-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlariga Italiya terma jamoasining yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan. U 27-oktabr kuni Albaniyaga qarshi 5-0 hisobi bilan gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib oʻzining terma jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazgan.

Oʻyin uslubi



Delle Monache hali faoliyati va hayotining dastlabki bosqichlarida boʻlsada, allaqachon ajoyib sur’at, ijodkorlik va texnikaga ega futbolchi sifatida tasvirlangan edi. Bu keyinchalik uni Pasquale Foggia, Fabritsio Miccoli yoki hatto Lorenzo Insigne kabilar bilan solishtirishga sabab boʻldi.

U trekvartista sifatida ham, hujumkor vinger sifatida ham, asosan hujumning chap tomonida oʻynay oladi.

Oʻng oyoqli oʻyinchi, u raqibni dribling qilish va toʻpni himoya qilish bilan ajralib turadi, qoʻshimcha ravishda uzoqga xavfli paslarni amalga oshirish, jarima zarbalarini amalga oshirish va hujumchilarga assistentlik qilish qobiliyatiga ega. Shuningdek, u himoyada oʻzining tezligidan va taktik qobiliyatidan unumli foydalana oladi va yaxshi bosim qila oladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz