Marco Andretti




Marco Michael Andretti (1987-yil 13-martda tugʻilgan) — amerikalik avtopoyga haydovchisi, IndyCar seriyasidagi Andretti Herta Autosport jamoasi uchun 98-raqamli avtomashinani boshqaradi. U mashhur Andretti poygachilar oilasining uchinchi avlodi. U 2022-yilgi SRX seriyasi chempioni.

Faoliyati



Dastlabki davr




Marco Sandra va yakuniy IndyCar chempioni Michael Andretti oilasida tugʻilgan. Marconing ota tomondan bobosi italiyalik-amerikalik Mario Andretti muvaffaqiyatli poyga haydovchisi boʻlib, u qirq yil davomida professional tarzda poygalarda ishtirok etgan va Amerika Qoʻshma Shtatlarida va butun dunyo boʻylab turli poyga bahslarida muvaffaqiyat qozongan. Shu jumladan 1978-yilda Formula 1 chempionatida gʻolib chiqqan. Andretti oilasining boshqa aʼzolari ham poyganing turli toifalarida muvaffaqiyat qozonishgan.

Andretti 2003-yilgi Formula Dodge Eastern chempionatida sakkizta poygada gʻolib chiqdi. Keyingi yili ushbu musobaqaning milliy va janubiy toifasida chempion boʻldi.

Oʻrta maktabni zoʻrgʻa tugatgach, u 2005-yilda Star Mazda seriyasida poygaga chiqdi va Indy Pro seriyasida oltita muvaffaqiyatli ishtirokni amalga oshirdi. U uch marta Sankt-Peterburg, Liberty Challenge va Sonoma musobaqalarida gʻalaba qozondi. Ushbu poygalarning faqat yarmidan qoʻshilganiga qaramay, ballar boʻyicha 10-oʻrinni egalladi.

Motorsports jurnalisti Gordon Kirby maqolasida Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan Chemp Car finali haqida yozar ekan eng yosh toifada ishtirok etgan Andretti oʻzining 2006-yildagi 26-raqamli Jim Beam Dallara-Hondaʼ avtomobilida muvaffaqiyat qozonganini yoritdi. Keyinchalik 15-dekabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida u Indy Racing League seriyalari tarixidagi eng yosh haydovchi sifatida tasdiqlandi.

Natijalar



Indianapolis 500




IMSA SportsCar Championship




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz