Marco Amelia
Marco Amelia (1982-yil 2-aprel, Italiya) — darvozabon sifatida harakat qilgan sobiq futbolchi va ayni paytda murabbiy sifatida faoliyatini olib borayotgan italiyalik sportchi.
Rimning Roma klubi tarbiyalanuvchisi Amelia oʻzining professional klubdagi faoliyatining koʻp qismini Livornoda oʻtkazadi. Klubda tarkibida barcha musobaqalarda 181 ta oʻyin oʻtkazdi, jumladan, 2006—2007 UEFA kubogida klub sharafini himoya qilgan. Keyinchalik, u Italiyaning boshqa bir qancha klublarida harakat qildi, shuningdek, APLda Londonning Chelsea klubida zaxira darvozabon sifatida faoliyat olib borgan.
Xalqaro miqyosda Ameliya 2004-yilgi Olimpiadada bronza medalini qoʻlga kiritdi hamda 2005- va 2009-yillar oraligʻida Italiya terma jamoasi tarkibida 9ta yirik oʻyinlarda maydonda harakat qilish huquqini qoʻlga kiritdi. U 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibida boʻlgan, shuningdek, Italiyaning UEFA Yevro 2008 va 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi tarkibiga jalb qilingan.
Klublardagi faoliyati
A.C. Milanda
2010-yilning 23-iyun sanasida va darvozabon Marco Storari „Yuventus“ klubiga transfer qilungan soʻng, „Milan“ jamoasi futbolchini yil oxirida sotib olish huquqi bilan ijara asosida tarkibiga qoʻshib oladi.
2011-yil 24-may sanasida „Milan“ Ameliani 3,5 million yevro evaziga sotib olish huquqidan foydalangan holda oʻz tarkibiga rasman qoʻshib oladi. Amelia bor-yoʻgʻi bir nechta oʻyinlarda qatnashganiga va butun mavsumda Christian Abbiatidan keyingi ikkinchi darvozabon boʻlishiga qaramay klub bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Ameliya A Seriyadagi debyutini 2011—12-yilgi mavsumda amalga oshirdi. U 2011-yil 28-noyabrda „Chievo (Kyevo)“ jamoasiga qarshi oʻyinda yelkasidan jarohat olgan Abbiati oʻrniga zaxiradan oʻyinga qoʻshiladi. Oʻsha mavsumda Ameliya „Milan“ safida 14 ta oʻyinda maydonda harakat qiladi.
2012—13-yilgi mavsumda, yaʼni „Milan“dagi uchinchi mavsumida Amelia Abbiati bilan raqobat qilgani holda, ikkinchi darvozabon sifatida 11 ta oʻyinda maydonga tushadi. „Milan“ 2013—14-yilgi mavsum oxirida Amelia bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qiladi. Amelia va Daniele Bonera 19-may kuni Milanning yangi bosh qarorgohi Casa Milan ochilishi marosimidan qaytish paytida bir-birlari bilan janjallashib qolishadi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org