Marcinho (futbolchi)




Márcio Almeida de Oliveira (1996-yil, 16-mayda tugʻilgan), odatda Marcinho nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati



Botafogo



Rio-de-Janeyroda tugʻilgan Marcinho Botafogo yoshlar akademiyasi bitiruvchisidir. Garchi dastlab yarim himoyachi sifatida oʻynagan boʻlsada, 2016-yilgi mavsum oldidan u oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynay boshladi. Oʻsha yili u kattalar jamoasiga koʻtarildi. 2-fevral kuni u Portuguesa RJga qarshi 2-1 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan holda klubdagi debyutini oʻtkazdi. 1-mart kuni uning shartnomasi 2018-yilning dekabriga qadar uzaytirildi.

Marcinho jarohati tufayli 2017-yilgi mavsumning koʻp qismida oʻynay olmadi. 2018-yilgi mavsum boshida u Alberto Valentim bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin klubning birinchi oʻng qanot himoyachisiga aylandi. Klub bilan u 2018-yilgi Campeonato Carioca gʻolibligini qoʻlga kiritdi va finalda Vasko da Gamaga qarshi penaltilar seriyasida gol urdi. 10-aprelda u bilan shartnoma 2020-yil oxirigacha uzaytirildi.

Athletico Paranaense



2021-yil, 28-mart kuni erkin agent sifatida Marcinho Athletico Paranaense bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi.

Xalqaro martaba



2019-yil sentyabr oyida u Nigeriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirildi.

Shaxsiy hayoti



2020-yil, 30-dekabrda Marcinho Rio-de-Janeyroning Sernambetiba prospektida er-xotinning oʻlimiga sabab boʻlgan urib-qochib ketishda gumon qilinmoqda. U tezlikni belgilangan me’yordan oshirib boshqarib, er-xotinga zudlik bilan yordam koʻrsatmay, mashinani tark etgan va voqea sodir boʻlishidan oldin spirtli ichimlik ichgan.

Karyera statistikasi



2021-yil, 13-oktabr holatiga ko'ra

Faxrlar



Botafogo

Atletiko Paranaense

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz