Marcin Wasilewski
Marcin Ryszard Wasilewski (talaffuzi: Marsin Vasilevski; 1980-yil 9-iyunda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. 2014-yilda „Leicester City“ bilan Premyer-liga gʻolibi boʻlgan.
Faoliyati
Ilk faoliyati
Wasilewski Polshaning Krakov shahrida tugʻilgan va professional faoliyatini mahalliy Hutnik Kraków klubida boshlagan. 2005-yilda Amica Wronkiga oʻtdi; keyingi yili Lech Poznań klubi bilan shartnoma tuzdi.
Anderlecht
2007-yilning yanvarida Belgiyaning R. S. C. Anderlecht jamoasi Wasilewskini sotib oldi. 2008—2009-yilgi mavsumda klubning eng koʻp gol urgan uchinchi oʻyinchisi boʻldi.
Leicester City
2013-yil 14-sentyabrda Wasilewski shartnoma imzolash uchun Angliya chempionatida Leicester City bilan sinovdan oʻtayotgani xabar qilingandi. 17-sentyabr kuni „tulkilar“ bilan bir yillik shartnoma imzolagani tasdiqlandi. 24-sentabr kuni Derby Countyga qarshi Liga Kubogining 3-bosqichi oʻyinida debyut qildi. „Leicester“ mavsumda liga chempioni boʻldi va Premyer-ligaga qaytishini aniq boʻldi. 2014-yilning 22-mayida shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.
Wasilewski Premyer-ligadagi debyutini 2014-yilning 1-noyabrida West Bromwich Albionga qarshi oʻyinda (0:1) oʻtkazdi. 2015-yil 31-yanvarda Wasilewski ingliz futbolidagi ilk golini „Leicester“ning Manchester Unitedga qarshi oʻyinida boshi bilan urdi, uchrashuv 3:1 hisobida „qizil bilislar“ foydasiga hal boʻldi. 4-iyun kuni Wasilewski oʻzining Instagram sahifasi orqali „Leicester City“ bilan yangi bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
2015—2016-yilgi Premyer-liga mavsumidagi ligadagi ilk oʻyinini 2015-yilning 19-dekabrida Evertonga qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazdi.
Xalqaro
Wasilewski 2002-yil 20-noyabrda Kopengagenda Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoada debyut qildi. Polsha terma jamoasining Yevro-2008 va Yevro-2012 musobaqalaridagi ishtirokida ham qatnashgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
2-fevral, 2019-yil holatiga koʻra[11][12].
Xalqaro
10-iyul, 2016-yil holatiga koʻra[12]
Xalqaro gollari
Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi[13].
Yutuqlari
Leicester City Manbalar
uz.wikipedia.org