Marcia Brown




Marcia Joan Brown (1918-yil 13-iyul – 2015-yil 28-aprel) amerikalik yozuvchi boʻlib, 30 dan ortiq bolalar kitoblarining yozuvchisi hisoblanadi. U Amerika Kutubxonalar Assotsiatsiyasining uchta yillik Kaldekott medali sovrindori boʻlib, yilning eng yaxshi rasmli kitobi illustratsiyasiga, va 1992-yilda bolalar adabiyotiga qoʻshgan hissasi uchun ALA Laura Ingalls Wilder medalini qoʻlga kiritdi.
Uning koʻpgina asarlari Afrikalik, Nemis, Yapon, Ispan va Xosa-Bantu kabi nashrlari tarjima qilingan. Brown bolalar adabiyotidagi eng sharafli rassomlardan biri sifatida tanilgan.

Hayoti



Brown 1918-yil 13-iyulda Nyu-Yorkning Rochester shahrida tugʻilgan. U Nyu-York shtat o'qituvchilar kolleji yaʼni avvalgi Olbani universitetiga oʻqishga kirdi. U Nyu-York shahridagi Kornuoll oʻrta maktabida dars bergan. Kryinchalik u Nyu-York jamoat kutubxonasining markaziy bolalar xonasida ishlash uchun dars berishni tark etdi.
Uning birinchi kitobi „Kichik karusel“ boʻlib, u 1946-yilda Scribner's tomonidan nashr etilgan 32 betlik rasmli kitob boʻlgan.

Brown oʻzining muharriri boʻlgan hamrohi Janet Loranjer bilan birga yashagan. Brown 2015-yil 28-aprelda Kaliforniyaning Laguna Hills shahrida vafot etgan.

Mukofotlari



Bolalar yozuvchisi sifatidagi hissasi uchun Brown 1966 va 1976-yillarda bolalar kitoblari ijodkorlari uchun mavjud boʻlgan eng yuqori xalqaro eʼtirof boʻlmish xalqaro Hans Christian Andersen mukofoti uchun AQSH nomzodi boʻlgan.

U 1977-yilda Katolik kutubxonalari assotsiatsiyasidan "bolalar adabiyotiga doimiy, alohida qoshgan hissasi uchun" Regina medali va 1992-yilda Amerika kutubxonalar assotsiatsiyasidan Laura Ingalls Wilder Medalini oldi.

Tanlangan asarlari



Caldecott medali sovrindorlari

Caldecott medali finalchilari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz