Marchin Robak




Marcin Robak (talaffuzi: Marchin Robak; 1982-yil 29-noyabrda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. 2010—2014-yillar oraligʻida Polsha terma jamoasi safida 9ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.

Klublardagi faoliyati



Robakning Ekstraklasadagi birinchi klubi Korona Kielce boʻlib, jamoada 2006-yilning 25-martida debyut qilgan. Keyingi mavsumda Koronaning asosiy hujumchisiga aylandi va 2007—2008-yilgi mavsumda oʻnta gol urdi.

Kelasi mavsum Koronadan Widzew Łódźga oʻtdi. I liganing eng yaxshi hujumchilaridan biri boʻlib, klubdagi birinchi mavsumida 20 ta gol urdi. Widzew Robak bilan birga keyingi mavsumda Ekstraklasaga koʻtarildi va ilk bor Robak Polsha terma jamoasiga chaqiruv oldi.

2010—2011-yilgi mavsum oʻrtalarida Turkiyaning Konyaspor klubiga oʻtdi. Klub 2011—2012-yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Robak Mersin Talim Yurduga oʻtdi va klubda mavsumning yarmini oʻynadi.

Robak Polshaga qaytib, Piast Gliwice bilan shartnoma imzoladi. 2013-yil 13-avgustda Robak Pogoń Szczecinga oʻtdi va 2013—2014-yilgi mavsumda 22 ta gol bilan Ekstraklasada eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Pogondagi soʻnggi mavsumi jarohatlarga boy boʻldi va Robak bor-yoʻgʻi 17 liga oʻyinda ishtirok etgan.

2015—2016-yilgi mavsum oldidan ikki yillik shartnoma asosida amaldagi chempion Lech Poznańga oʻtdi. 2016—2017-yilgi mavsumda ligada 18 ta gol urdi va ikkinchi marta Marco Paixão bilan birga Ekstraklasaning eng yaxshi toʻpurarlari boʻldi.

2017-yilda Śląsk Wrocław bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilning 30-aprelida Robak Ekstraklasadagi 100-golini urdi.

2019—2020-yilgi mavsumda Robak Polshaning uchinchi divizioni vakili Widzewda oʻynadi. Hujumchi 2021-yilning yozida klubni tark etdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



9-may, 2018-yil holatiga koʻra[5][6]

Shu jumladan, Polsha Superkubogi va Ekstraklasa kubogi .

Xalqaro Gollar



Hisob va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Polshaning gollari soni, hisoblar ustuni Robak golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

Yutuqlari



Lech Poznań

Widzew Łódź

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz