Marcelo Vieira




Marselo Vieyra da Silva Junior (portugalcha: Marcelo Vieira da Silva Júnior; 12-may 1988-yil (1988-05-12) (35 yosh), Rio-de-Janeyro) braziliyalik futbolchi, Braziliya va Real Madrid jamoasi himoyachisi.

Faoliyati



Fluminense



Marselo 9 yoshidan boshlab, futzal oʻynashni boshlagan. 13 yoshida esa braziliyaning grand klublaridan biri boʻlgan Fluminensening yoshlar tarkibiga kelib qoʻshildi. U boshida yarim himoyada oʻynadi, keyinchalik esa yangi kelgan murabbiy uning katta tezlikka egaligidan samaraliroq foydalanish maqsadida himoyada oʻynatishga qaror qildi. U deyarli futbolni tashlab yuborayotgan edi, chunki uning ota-onasi mashgʻulotlar bazasiga borib kelish uchun yoʻl harajatlari koʻtara olishmayotgan edi. Lekin klub iqtidorli oʻyinchidan ajrab qolmaslik maqsadida bu harajatlarni oʻz zimmasiga oldi. Fluminense tarkibida oʻtkazgan ikki mavsumda u 38 oʻyinda maydonga tushdi va 6 marta raqib darvozasiga toʻp kiritdi.

Real Madrid



yosh himoyachining iqtidorini payqagan „Real“ seleksionerlari tezda uni jamoaga jalb etish harakatiga tushishdi va natijada 2007 yilning yanvar oyida madridliklar Marselo bilan 2013 yilgacha shartnoma imzolashdi. Kelishuv summasi 7 mln. yevroga baholandi. Marselo „Real“dagi oʻz hamkasblarining saʼy-harakatlari evaziga tez orada Madridda moslashib ketdi. Bunda Roberto Karlosning harakatlari alohida oʻrin tutdi. U Marseloga oʻz tajribasini ulashdi va har taraflama yordam berdi. Mavsumning qolgan davrida u 6 ta oʻyinda ishtirok etdi va Ispaniya chempioni nomiga sazovor boʻldi. Bernd Shuster vaqtida Marselo asosiy tarkibdan muqim joy oldi.

2011 yil 26-iyulda Marselo rasmiy ravishda ispaniya fuqarosi boʻldi, oʻsha vaqtdan buyon u YeI mamlakatlari legioneri hisoblanadi.

Erishgan natijalari




Shahsiy




Ishtirok etish statistikasi



2012 yil 13 may holatiga.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz