Marcelo Saracchi




Marcelo Josemir Saracchi Pintos (talaffuzi: Marselo Xosemir Sarakki Pintos; 1998-yil 23-aprelda Urugvayda tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, Urugvay terma jamoasi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Marcelo Saracchi „Danubio“ futbol klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 16-avgust kuni „Juventud Las Piedras“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. 2016-yil 28-may kuni „Montevideo Wanderers“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Marcelo Saracchi „Danubio“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. 2017-yilning yozida Marcelo Saracchi Argentinaning „River Plate“ futbol klubiga oʻtgan. „Banfild“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Argentina premyer ligasida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati



2015-yilda Marcelo Saracchi Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Paragvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Boliviya, Chili, Kolumbiya, Braziliya, Paragvay, Argentina va ikki marta Ekvador jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Ekvadorliklarga qarshi kechgan bahsda Marcelo Saracchi gol urgan.

Oʻsha yilning yozida Marcelo Saracchi Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Maliga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

2017-yilda Marcelo Saracchi Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqqan. Turnirda Marcelo Saracchi Peru, Kolumbiya, Ekvador, Venesuela va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yili Marcelo Saracchi Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Yaponiya, Portugaliya va Venesuela jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti



Urugvayda tugʻilgan, asli italyan

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz