Marcel Hilßner
Marcel Hilßner (talaffuzi: Marsel Xilsner; 1995-yil 30-yanvarda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Coventry City“da yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2010- va 2013-yillar oraligʻida Germaniyaning U16 dan U19 terma jamoalarini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Werder Bremen
Hilßner 2009-yilda „Werder Bremen“ bilan shartnoma imzolagan. 2015-yil 8-iyunda klub bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi. Hilßner Bremendagi debyutini 26-sentyabr kuni Bayerga qarshi oʻyinda (0:3, magʻlubiyat) oʻtkazdi, uni bosh murabbiy Viktor Skrypnyk ikkinchi boʻlimda Levin Öztunalı oʻrniga maydonga tushirgandi. „Werder“ning oʻrinbosarlar jamoasidagi soʻnggi oʻyinida VfR Aalenga qarshi uchrashuvda (2:1) ikki ta gol urdi.
Dynamo Dresden
2016-yilning 25-aprelida Hilßner mavsum oxirida Dresdenning „Dynamo“ siga tekinga o‘tishi va Germaniyaning ikkinchi divizioni jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. 2016-yilning 4-noyabrida „Fortuna Düsseldorf“ga qarshi o‘yinning 88-daqiqasuda Erich Berkoning o‘rniga maydonga tushib jamoa tarkibida debyut qildi (3:0).
Habnsa Rostok
2017-yil 7-avgustda Hilßner 3. Liga vakili Hansa Rostok bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi ilk golini 20-oktabr kuni VfL Osnabrück ga qarshi oʻyinda kiritdi, jamoa 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mavsum oxirida oyogʻidan jiddiy jarohat oldi
SC Paderborn
2019-yilning 28-mayida Hilßner SC Paderbornga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi.
2020-yil 28-yanvarda Hilßner 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismida „Hallescher“ klubida ijarada oʻynashligi toʻgʻrisidagi shartnomaga rozi boʻldi.
Coventry City
Hilßner 2020-yilning 16-iyulida „Coventry City“ga uch yillik shartnoma asosida qo‘shildi.
Oldham Athleticga ijaraga 2021-yil yanvardagi transfer oynasida Marcel Oldham Athleticga ijaraga oʻtib, mavsum oxirigacha klubda oʻynadi.
FSV Zwickauga ijara 2022-yil 26-yanvarda Hilßner 3. Liga vakili FSV Zwikauga ijara asosida oʻtdi. Mavsum oxirigacha oʻynadi.
Faoliyat statistikasi
Klubda
16-aprel, 2022-yil holatiga koʻra[16]
Terma jamoada
Manbalar
uz.wikipedia.org