Marcel Goc




Marcel Goc (talaffuzi: Marsel Gok) (1983-yil 24-avgustda tugʻilgan)—germaniyalik sobiq professional xokkeychi.

Gocning otasi Josef oʻzining vatani Chexoslovakiyada xokkeychi boʻlgan. Marcel Gocning ikki ukasi bor, ular ham professional xokkey bilan shugʻullanadi. Marcel Gocning akasi Sascha ham Germaniya milliy xokkey terma jamoasida oʻynaydi.

Marcel Goc faoliyati davomida 699 ta NHL musobaqasida, 388 ta DELda va Germaniya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safida 112 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Oʻyin faoliyati



Yoshligida Marcel Goc 1996—1997-yillarda Quebec xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida Baden-Württemberg jamoasi bilan oʻynagan.

Marcel Goc 2001-yil NHL kirish loyihasida „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga 20-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Ammo Marcel Goc 2003-yilgacha Germaniyada qoldi. Marcel Goc 2003—2004-yilgi mavsumni „Cleveland Barons“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. Shundan soʻng, Marcel 2004-yil pley-off bosqichi oʻyinlarida „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

Marcel Goc oʻzining birinchi NHL oʻyinini St. Louis Blues" xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.

2009-yil 20-avgustda Marcel Goc „Nashville Predators“ xokkey klubi bilan bir yillik 550 000 dollarlik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Marcel Goc 2009—2010-yilgi mavsumini klub safida oʻtkazdi.

Marcel Goc 2011-yilning 1-iyulida „Florida Panthers“ xokkey klubi bilan 5,1 million dollarlik uch yillik shartnoma imzoladi. 2011-yil 11-oktyabrda Marcel Goc „Panthers“ klubi safida „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini urdi. 

2014-yilning 5-martida Marcel Goc „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safiga oʻtdi.

Keyingi 2014—2015-yilgi mavsumda, 2014-yil 22-oktyabrda Marcel Goc „Philadelphia Flyers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5-3 hisobida magʻlubiyat) klub safidagi ilk golini kiritishga muvaffaq boʻldi. 2015-yilning 27-yanvarida Marcel Goc „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi



Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz