Marc Pelosi
Marc Anthony Pelosi (talaffuzi: Mark Entoni Pelosi) — 1994-yil 17-iyunda Germaniyaning Bad Sakingen shahrida tugʻilgan. Yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritagan.
Klublardagi faoliyati
Marc Pelosi Angliyaning „Liverpool“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 2015-yilning yozida akademiyani tugatgandan soʻng „San Jose Earthquakes“ klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. 27-iyul kuni Kanadaning „Vancouver“ jamoasiga qarshi oʻyinda Marc Pelosi ikkinchi boʻlimda Kris Vondolovskini oʻrniga almashtirilibb, MLSda debyut qilgan. Tizzasidan olgan jarohati tufayli u bir yarim yil — butun 2016-yil va 2017-yilgi mavsumning yarmini oʻtkazib yuborgan. 2017-yilning avgust-sentabr oylarida Marc Pelosi USL filialida „Reno 1868“ klubida ijaraga olingan edi. 2017-yilgi mavsum tugaganidan soʻng, „San Jose Earthquakes“ klubi Marc Pelosining shartnomasini uzaytirmagan.
Xalqaro faoliyati
2011-yilda AQSh oʻsmirlar terma jamoasi bilan Marc Pelosi Yamaykada boʻlib oʻtgan CONCACAF oʻsmirlar chempionatida gʻolib chiqgan. Turnirda u Kanada, Panama, Yamayka va El Salvador jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Salvadorliklar va yamaykaliklarga qarshi janglarda Marc Pelosi gol urgan.
Oʻsha yilning yozida AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Marc Pelosi Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Chexiya, Oʻzbekiston va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Marc Pelosi barcha yosh toifasida Qoʻshma Shtatlar sharafini himoya qilgan. U 2011-yilgi FIFA U20 Jahon chempionatida 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa sardori boʻlgan. U, shuningdek, 2015-yil U23 Tulon turnirida uchinchi oʻrinni egallagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org