Marattiyanamolar




Marattiyanamolar — qirqquloqsimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar tartibi (Marattiales) yoki kenja sinfi (Marattiidae). Poyasi yoʻgʻon kartoshkasimon boʻlib, yarmi tuproqqa botib turadi. Bargi yoʻgʻon bandli, yirik (uz. 4–6 m), patsimon, baʼzan panjasimon, bir-biriga tutash, ikkita kalin yonbargchasi bor. Barglarining orkasida, tomirlari boʻylab sporangiylar joylashgan; koʻpchilik M.da ular oʻsib sinangiylar hosil qiladi. 6 turkumi (200 ga yaqin turi) bor. Ikkala yarimsharning tropiklari, baʼzan subtro-piklarida usadi. Aftidan, M. eng qadimiy qirqquloklardan boʻlib, qazilma holdagisi paleozoy (karbon) davridan maʼlum. Ayrim M.ning novda va yonbarglari kraxmalga boy, ovqatga ishlatiladi. Yirik M. manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz